So’nggi yangiliklar

08:32"FourFourTwo" "Барселона" тарихидаги энг яхши футболчилар рейтингини тузди  3 08:13Райс мухлисларнинг норозилиги ҳақида: "Бу менга ёқмади. Мадуэке ҳали нималарга қодирлигини кўрсатади"  0 01:48Камавинга ва Себальоснинг "Реал"даги тақдири маълум бўлди  0 01:15"Атлетико" Линони 25 миллион еврога сотиб юборди  0 00:55Азиз Холмуродов: "Бизнинг ёш тоифасидаги энг кучли терма - Япония"  1 00:43Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:11Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" сафарда ишончли ғалаба қайд этди, Раҳмоналиев майдонга туширилмади  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" қийин ғалаба қайд этди, Шомуродовдан дебют  17 23:36Breaking! "Зўр ТВ" ЖЧ-2026 трансляция ҳуқуқини сотиб олди!  18 23:13Тер Штеген операция қилинади  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" дуранг ўйнади, "Актобе"дан кичик ҳисобда ғалаба  1 22:18"Қизилқум" халқаро ўртоқлик учрашувида дуранг қайд этди  0 21:47"Арсенал" 15 миллионлик трансферини эълон қилди  1 21:36"Насаф" назорат баҳсида "Хоразм"ни кичик ҳисобда мағлуб қилди  0 20:50"Машъал" Про-лига вакили билан назорат ўйинида 2 тўп фарқидаги ғалабани ушлаб қола олмади  3

SHota Arveladze ishtirokidagi matbuot anjumani (to'liq) Yangiliklar

SHota Arveladze ishtirokidagi matbuot anjumani (to'liq)

Teglar :  SHota Arveladze
"Paxtakor" bosh murabbiyi SHota Arveladze "Lokomotiv"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin matbuot anjumanida bir qator savollarga javob berdi.

- "Qiyin o'yinda natija biz uchun alamli bo'ldi. Birinchi bo'limni juda bo'sh boshladik. Uchrashuvdagi tashabbusni raqibga topshirib qo'ydik. Ikkinchi taymda esa yaxshiroq o'ynashimiz mumkinligini ko'rsatdik. Jamoada xarakter bor. Ammo buni juda kech ko'rsatdik. Superligadagi eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi saf tortdik. Mag'lubiyatni ham tan ola bilish lozim. Bugungi g'alaba bilan raqibni tabriklayman. O'yinda hammasini o'zgartirib yuborish uchun imkoniyatlar yuzaga kelgandi. Ammo bundan foydalana olmadik. Ikkinchi gol o'yindagi burilishni butkul o'zgartirib yubordi. Tavakkalga ham qo'l urdik, zaxiradan foydalandik. Ammo ikkinchi goldan keyin vaziyatni o'z tomonimizga burish yanada qiyinlashdi.


"Lokomotiv"dan uchralgan mag'lubiyat hali masalani uzil-kesil hal etgani yo'q. Oldinda hali 6 tur mavjud. Final oldidan uchralgan mazkur mag'lubiyat jamoaning ruhiyatiga tasir etmasligi lozim. Juda qisqa muddat ichida biz avvaliga "Bunyodkor", keyin esa kubok finalida maydonga tushamiz. Bu bizga qo'shimcha motivaciya beradi. Yaxshiyamki tig'iz taqvim tufayli ketma-ket o'yinlarni o'tkazamiz. Mag'lubiyatdan keyin nima bo'lganini o'ylab o'tirishga ortiqcha vaqt yo'q. Bu jamoani tezroq o'zini qo'lga olishiga turtki beradi.

Biz uchun kubok yoki chempionat muhimroq demagan bo'lardim. "Paxtakor" doim o'zi ishtirok etadigan barcha musobaqalarda g'oliblik uchun kurashgan va kurashadi. Jamoamiz oldida 6 o'yin ichki chempionat doirasida va bitta kubokdagi final bahsi qolgan.

CHempionlik taqdiri butkul hal etilgani yo'q. Bizning hali ular bilan yana bir to'qnashuvimiz bor. SHuningdek, "Loko" qolgan raqiblar bilan o'zaro o'ynaydi. Qaysidir jamoa ulardan ochko olishiga umid bog'laymiz.

Birinchi taymni bo'sh o'tkazganimizga asosiy sabab, ko'plab vaziyatlarda futbolchilar keragidan ortiq o'ylab o'ynashdi. Futbolda bazida ko'p ham o'ylanib qolish kerak emas. Vaziyatni tezda hal etish asosiy faktorlardan biri sanaladi. SHu narsa bizga halal berdi, menimcha. SHuni ham aytish kerakki, raqib ham bizga o'z o'yinimizni to'liq ko'rsatish uchun to'sqinlik qildi.

FIFA kunlari jamoa o'yin ritmini buzib qo'ydimi? Men hozir baxona yoki aybdorlarni izlamoqchi emasman. Doim baxona topish mumkin. Lekin bundan hech qanday naf yo'q. Xatoni avvalo o'zimizdan qidiramiz. Muhimi, bugun o'zimizning o'yinimizni to'liq ko'rsata olmaganimiz sabablarini topish, o'sha muammo ustida ishlamoq afzal.

Masharipov? Jaloliddin Masharipovning o'yini chiqmadi. SHu boisdan ham uning muammolari endi ko'zga tashlanishi mumkin. Ammo meni nazarimda, Masharipov kelajakda o'zbek futbolida etakchi bo'lishga qodir iqtidorli futbolchi. Men ham Masharipovdan oxirgi nuqtani qo'yishini istayman va buni ko'p marotaba unga takidlayman. Jaloliddin mashg'ulotlarda mazkur kamchiliklari ustida ishlamoqda. Zarba borasida shug'ullanmoqda".


"Men o'z ishimdan mamnunmiman? Ha. "Paxtakor" o'yinida meni murabbiylik imzoimni ko'rmayapsiz? Bu sizning shaxsiy fikringiz. "Paxtakor" aynan men istagan o'yinni ko'rsatmoqda. Jamoa o'yinida imzoimni kirita olganimdan ham xursandman. Hech kim menga bu savolni o'yindan oldin bermagan bo'lardi. Hozir esa birgina mag'lubiyat tufayli shunday xulosaga kelmoqda. O'yindan avval odatda barcha qarorlar to'g'ri bo'ladi. Uchrashuvdan keyin esa kimdir yaxshi o'ynaydi, kimdir esa o'z o'yinini namoyish eta olmaydi. Futbolda har doim shunday. Xatoni esa uchrashuvdan keyin ko'rish mumkin. Murabbiyning vazifasi esa o'sha xatoni tuzatish va uni qayta takrorlamaslik.

"Paxtakor" oxirgi 6 o'yinda 18ta gol urdi. Jamoa formada, kubokda finalga chiqdi. Mavsumdagi barcha o'yinlarni o'tkazib, keyin yakuniy xulosaga kelish mumkin. Mag'lubiyatlar esa eng yaxshi dars.

Legionerlar haqida gapiradigan bo'lsam, jamoa urgan gollarning katta qismi aynan ularga tegishli. SHunchaki statistikaga etibor qaratish kifoya. Ajoyib bollar, muhitga juda tez kirishib ketishdi. Ular ham yanada ko'proq ishlashmoqda. Bizning jamoada hech qanday guruhbozlik yo'q. Muhit juda iliq va inoq.

Kim ketadi va kimlar keladi? Qanday qilib buni hozirdan aytaman? Oldimizda hali o'yinlar turibdi. Masalan men istagan futbolchilarni hammasini ham olib kelib bo'lmaydi. Bu nafaqat xohish, balki imkoniyat va boshqa jihatlar bilan ham to'g'ri kelishi lozim. Bizda ajoyib kollektiv jamlangan. Barcha o'z ishini qilmoqda. Birgina mag'lubiyat butun mavsum davomida qilinayotgan mehnatlarni yo'qqa chiqara olmaydi.

Garchi "Lokomotiv"dan mag'lub bo'lgan bo'lsak ham muxlislar jamoamizni qo'llab-quvvatlashdi. Bu esa jamoaga kuch beradi. Bir narsani unutmaylik, "Lokomotiv" ham anoyi jamoa emas. Mag'lubiyatni ham to'g'ri qabul qilib, tan olishni ham bilish kerak.

To'g'ri, biz anchadan buyon engilmay kelayotgandik. Mag'lubiyat og'rig'ini anchadan buyon his qilmaganimiz uchun ham bugungisi alamli bo'ldi", - deya matbuot anjumanidagi bir qator savollarga javob qaytardi SHota Arveladze.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика