So’nggi yangiliklar

02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  146 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  0 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  3 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  5 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  14 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  130 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  8

SHota Arveladze: "Hakamlar yana bizni golimizni inobatga olishmadi" Yangiliklar

SHota Arveladze: "Hakamlar yana bizni golimizni inobatga olishmadi"

"Paxtakor" - "Qo'qon-1912" (2:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi SHota Arveladze o'z fikrlarini bildirdi.
- O'ylashimcha, o'yin yaxshi bo'ldi. Biz ham, ular ham yaxshi darajada o'ynashdi. Birinchi bo'limda raqiblar ko'proq vaziyatlar yaratishdi. Tanaffusdan keyin esa biz birinchi, ikkinchi va uchinchi golni ham urdik. Ammo uchinchi golni negadir yana hakamlar hisoblashmadi. Bundan avvalgi uy o'yinimizda ham golimizni inobatga olishmagandi.

"Qo'qon-1912" tarkibida ham yaxshi futbolchilar borligi ko'rindi. Maydon holati yaxshi emasdi va bugungi maydon bizga yordam bermadi. CHunki o'yindan oldin maydon sug'orilmadi. O'ylaymanki, bu boshqa takrorlanmaydi.

Simich terma jamoa safidan endigina keldi va unda kichik jarohat bor edi. SHu boisdan Marko bizga bugun yordamlasha olmadi. Davron Hoshimov? Men bugun Alijonovni sinab ko'rmoqchi bo'ldim. Bu "Buxoro" bilan o'yin oldidan ularni asrash uchun qilingan o'zgarishlar emasdi.

Namangandagi maydon holati yomon edi. Bugun esa biroz yomonroq bo'ldi. Menga malum bo'lishicha, Buxorodagi maydon holati ancha yaxshi.

Ammo Namangandagi mag'lubiyat faqatgina maydonni holati bilan bog'liq emas. Bu bahona bo'lib qolmasligi kerak. CHunki raqib ham o'sha maydonda o'ynagandi.


Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика