So’nggi yangiliklar

18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  0 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  0 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  2 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  5 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  4 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  2 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  4 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  3 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  7 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   5

SHota Arveladze: "Hakamlar haqida gapirishni yoqtirmayman" Yangiliklar

SHota Arveladze: "Hakamlar haqida gapirishni yoqtirmayman"

"Paxtakor" - "Qizilqum" o'rtasidagi O'zbekiston Kubogi (1:0) uchrashuvidan so'ng "sherlar" ustozi SHota Arveladze ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

SHota Arveladze: "Kubok o'yini doimo qiyin o'tgan. CHunki bu bosqich bitta bahsdan iborat va bitta xato qimmatga tushishi mumkin. Dastlabki bo'limda bazi imkoniyatlardan foydalana olmay, vaziyatni og'irlashtirdik. Umuman olganda g'alabaga munosib o'ynadik deya olaman. Taqvim tig'iz, shu sababli yigitlarga rahmat aytaman. O'yinni nazorat qildik. Raqibga nisbatan ko'p imkoniyat yaratdik. Keyingi bahs yarim finalda va qolgan bahslar natijalarini kutamiz".


- Jamoa ikki taymda ikki xil o'yin ko'rsatdi. Tanaffusda yigitlarga nimalar dedingiz?

- Yigitlarga ko'p gapirmadim. Faqat tezroq harakat qilib, hissiyotlarga kamroq berilish kerakligini aytdim.


- "Lokomotiv" Javohir Sidiqovga qiziqayotgani haqida o'qidik...

- Bu mish-mishlar. Mish-mishlarni muhokama qilmaymiz, agar faktga asoslangan malumotlar bo'lsa, javob berishga tayyorman.


- Bugungi bahsdagi hakamlarning qarorlari haqida nima deya olasiz?

- Men arbitrlar haqida gapirishni yoqtirmayman. O'yindan so'ng hakamlardan uzr so'rayman, chunki bahs paytida hissiyotlarga berilib, unga jiddiy etirozlar bildirgan bo'lishim mumkin. O'yinda hisob tezroq 2:0 bo'lishini xohladim, ammo so'nggi pas yoki zarbalarda xatoliklar yuzaga keldi. Lekin hamma hujumlarimiz istaganimizdek yakunlanaverganida futbolga qiziqish hozirgidek katta bo'lmasdi. Yigitlar yaxshi harakat qilishdi va ularga rahmat aytaman.


- Sizga bir nechta klubdan qiziqishlar borligi haqida eshitdik...

- Bu mish-mish va ularni muhokama qilmayman.


- Hozirgi sharoitda o'yinlarga tayyorgarlik ko'rish qanday kechmoqda?

- Qish bo'lganligi uchun nafas olish qiyin. Bazida qor yog'ib yuboryapti. Klub xodimlari tufayli maydonimiz deyarli ideal holatda. Ular katta yordam berishmoqda. JARda ham hammasi yaxshi. Turnir oxirigacha ob-havo yaxshi bo'lishiga umid qilaman.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика