So’nggi yangiliklar

12:13Суперлига 13-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  0 11:54Ўзбекистон Кубоги 1/8 финалида ишлайдиган расмийлар маълум  0 11:33"Атлетико" футболчиси КЖЧ ташкилотчилигидан норози  4 11:05Ямаль ва францияликлар: Европанинг 2025 йилдаги энг креатив футболчилари  3 10:42Неймарнинг келажаги маълум  1 10:10“Ал Ҳилол“ Осимхенга сўнгги даҳшатли таклифни юборди  1 09:43“Арсенал“ Виктор Гёкерешни сотиб ололмаган тақдирда кимни харид қилиши маълум  1 09:16Кайл Уокер АПЛнинг бошқа жамоасига ўтиши мумкин  0 08:50Фатининг кейинги жамоаси деярли аниқ  1 08:23Хаби Алонсо “Реал“ футболчиларига ультиматум қўйди  15 07:47CAFA U20 Championship 2025. U-18 терма жамоамиз ҳеч бир учрашувда ғалаба қозонмай мусобақани якунлади  16 07:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. Учта қизил кўрсатилган баҳсда “Бенфика“ кичик камбек амалга оширди  2 02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  3 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0 00:56"Наполи" "Манчестер Сити" футболчисига қизиқмоқда, лекин...  0

SHota Arveladze: "Gonsalvesh? Futbolchilarimni qanday holatda ekanini men yaxshi bilaman" Yangiliklar

SHota Arveladze: "Gonsalvesh? Futbolchilarimni qanday holatda ekanini men yaxshi bilaman"

Superliga 20-turi doirasidagi "Paxtakor" - "Lokomotiv" uchrashuvidan so'ng SHota Arveladze o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

O'yin bosim ostida kechdi. Bugun eng kuchli jamoalar to'qnash kelishdi. Umuman olganda juda yaxshi bahs bo'ldi. Qarshi hujumlar ham ko'p bo'ldi. Muxlislar chiroyli futbol tomosha qilishdi", - dedi murabbiy.

"Paxtakor" azosi Tiago Bezerra ham o'yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Bezerra: "O'yin oxirida gol o'tkazib yuborib g'alabani qo'ldan chiqrganimiz alamli bo'ldi. Bahs ajoyib o'tdi. Yuqori atmosfera, ajoyib havo. Uchrashuv barchaga yoqdi"

Arveladze: "Hakamlar? Bu borada izoh berib o'tirmayman. Ular jahon yulduzlari ishtirokidagi o'yinlarni boshqarishgan.

Uch oy davomida mag'lubiyatsiz o'yin ko'rsata oldik. "Navbahor"da nima etishmadi? Gol etishmadi. Bugungi bahsda esa ikkinchi gol bizga kamlik qildi. Oltin ochkolar chempionatda barchasini o'zgartirib yuboradi.

Gonsalvesh ko'proq gol kiritishini istayman. JCHda ham masalan Jiru gol kirita olmadi. U barcha o'yinlarda maydonga tushdi va yakunda baribir jahon chempioni bo'ldi. Bu odatiy hol. Futbolchi imkoniyat paydo bo'lishi bilan undan foydalanishi lozim. Biz esa ularni golga aylantirishi uchun ishlaymiz. Biz ham ularni ko'p gol urishini istaymiz.

Jamoamiz hujumchilaridan ko'proq gol istayman. Muxlislar ham o'z navbatida ulardan ko'p gollar, g'alabalar kutishadi.

Bir narsani aytaman: O'ynamagan odam doimo maydondagidan yaxshi ko'rinadi. CHunki, zaxirada o'tirib xato qilmaydilar. Men kim yaxshi mehnat qilyapti, kim yaxshi holatda ekanligini juda yaxshi bilaman", - dedi Arveladze.

Reyting: -41   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика