“SHo'rtan”ni ikkinchi davraga Legay va Kochnev tayyorlaydi
07 iyu 2017 23:21
Yangiliklar
“SHo'rtan”ni ikkinchi davraga Legay va Kochnev tayyorlaydi
“SHo'rtan” futbol klubi rahbariyati jamoaga mutahassislarni jalb qilishni boshlab yubordi. Ayni damda, jamoaga taklif qilingan Vitaliy Aleksandrovich Legay hamda Kochnev Gennadiy Gennadevichlar jamoani ikkinchi davra uchrashuvlariga tayyorlashadi.
Ushbu murabbiylar haqidagi batafsil malumotlarni keyinroq o'z sahifamiz orqali tanishtirib o'tamiz.
“SHo'rtan” tayyorgarlikni o'z qarorgohida boshlaydi
Xabaringiz bor, birinchi davraning so'nggi uchrashuvidan so'ng jamoamizga qisqa muddatli tanaffus elon qilingan edi. Bundan tashqari, ushbu qisqa vaqt oralig'ida “oq bo'rilar” tarkibida birin-ketin o'zgarishlar sodir bo'ldi. Murabbiylar shtabidagi bir-qator o'zgarishlar bilan birga jamoamizni bazi bir futbolchilar ham tark etdilar.
SHunday bo'lsada, bugun yani, 5 iyuldan “SHo'rtan” jamoasi mavsumning ikkinchi yarmiga tayyorgarlikni G'uzordagi o'z qarorgohida boshlaydigan bo'ldi. Jamoamiz qisqa tatildan so'nggi ilk mashg'ulotlarini bugun, soat 19:00 da o'tkazishni rejalashtirgan.
Jamoadagi o'zgarishlar haqida saytimiz orqali xabar berishda davom etamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar