So’nggi yangiliklar

08:08Бугун финал!  2 07:40ФИФА президенти юртимизга етиб келди  1 07:18ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Белгия Қозоғистонни, Испания Туркияни "янчиб" ташлади  3 00:17Амир Ғалинои: "CAFA'да қатнашмаслик ҳақида хат ёздик, лекин шартларимиз қабул қилинмади"  22 23:40Мемфис Депай Нидерландия терма жамоаси тарихида энг яхши тўпурарга айланди  4 23:12ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Нидерландияда қийин ғалаба, Грузия Болгариядан устун келди  1 22:23Ўртоқлик учрашуви. Россия меҳмонда Қатардан устун келди  14 22:00Ҳаким Зиеш "Севилья"га ўтиши мумкин  1 21:30Ромелу Лукаку декабргача майдонга қайтмайди  1 21:00Файзуллаевнинг кайфияти чоғ, Ғаниевдан ўткир нигоҳлар. Ўзбекистон терма жамоасининг Эрон билан ўйиндан олдинги расмий машғулотидан галерея  12 20:40"Пахтакор" ўз уйига қайтган норасмий ўйинда "Олимпик"дан устун келди  5 20:09Азизбек Турғунбоев: "Эрондан алам оладиган вақт келди"  7 19:56Неъматов, Насруллаев, Норчаев ва Эшмуродов терма жамоа лагерини тарк этди  17 19:30Эрон билан рақобатнинг бошланиши. Али Дайига аталган ва Ўзбекистон форсларга йирик ҳисобда енгилган ўйинни ёдга оламиз  26 18:59Тимур Кападзе: "Сергеевдек ҳужумчимиз борлигидан хурсандман"   12

“SHo'rtan” futbol akademiyasiga tanlov boshlandi Yangiliklar

“SHo'rtan” futbol akademiyasiga tanlov boshlandi

Teglar :  SHo'rtan
Endilikda G'uzorda haftaning har shanba kuni futbol festivali bo'lib o'tadi

Malumki, mamlakatimizda hukumat miqyosida, shaxsan  O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev tomonidan sportni, jumladan futbolni rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida so'nggi yillarda juda katta etibor qaratilmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining  “O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutloq yangi bosqiga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi  2019 yilning 4 dekabr sanasidagi #5887 PQ farmoni bunga yaqqol misoldir.
Prezidentimizning ushbu farmonida manaviy etuk va jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, sportning futbol turiga aholini, ayniqsa yoshlarni keng jalb etishga, mamlakatimizda yuqori iqtidorga ega bo'lgan yosh futbolchilarni tanlash, saralab olish (selekciya) tizimi va futbol infratuzilmasini yanada rivojlantirish, futbol bo'yicha sport maktablari faoliyatini yangi bosqichga ko'tarish kabi masalalarga jiddiy etibor qaratilgan.

Futbol bo'yicha O'zbekiston birinchiligi PRO-Liga musobaqalarida ishtirok etayotgan “SHo'rtan” jamoasida ham Prezident farmonlarini hayotga tatbiq etish borasida jiddiy ishlar bajarilmoqda. Xususan, shu kunlarda G'uzor futbol Akademiyasi faoliyatini rivojlantirish, yangi bosqichga olib chiqish bo'yicha amaliy harakatlar boshlandi.
“SHo'rtan” Professional futbol klubi rahbariyati tuman Xalq talimi bo'limi bilan o'zaro hamkorlikda G'uzordagi o'rta umumtalim maktablari o'quvchilari o'rtasida har haftaning shanba kuni davomida “Futbol festivali” shiori ostida o'ziga xos tadbir o'tkazishga kelishib olindi. Bunday festivaldan ko'zlangan asosiy maqsad - avvalo yosh istedodlarni saralab olish (selekciya) ishlariga urg'u berish, bo'lajak futbol yulduzlarini o'z vaqtida va oldindan kashf qilish, ularning o'sib, to'laqonli kamolga etishishlarida yordam qo'lini cho'zish, eng zarur shart-sharoitlarni yaratib berishdir.

22 fevral kuni ezgu maqsadlar bilan rejalashtirilgan festival yo'lga chiqdi. Dastlabki kundagi natijalarga etibor qaratsak, bir tuman miqyosidagi ko'rsatkich diqqatga sazovor, desak mubolag'a bo'lmaydi. G'uzor tuman markazidagi #4 va #34 sonli maktab o'quvchilaridan jami 160 ga yaqin yosh futbolchilar festival doirasida o'z mahoratlarini sinovdan o'tkazish imkoniyatiga ega bo'lishdi.

Tadbir davomida ishtirokchilarning hatti-harakatlarini “SHo'rtan” PFK bosh menejiri SHamil Yarulin, G'uzor futbol Akademiyasi direktori Abdurahmon Yumangulov, Akademiya direktorining o'rinbosari, tajribali murabbiyi Ixtiyor Karimov, shuningdek yana bir qator futbol mutaxassislari ko'zatib borishdi.

Demak, “SHo'rtan” Professional futbol klubi tasarrufida festival yaxshi niyat va ulug' maqsadlar bilan yo'lga chiqdi. Biz esa har hafta ananaviy tarzda o'tadigan yosh futbolchilarning  tadbiridan tezkor va qaynoq xabarlar, suhbatlar, foto lavhalar, shuningdek video roliklar ham berib borishni rejalashtirganmiz. Bizni kuzating va uzoqlashmang.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика