JCH saralashi. Iroq 90+17 daqiqada g'alaba golini urib, BAAni mag'lubiyatga uchratdi va qitalararo pley-off bosqichiga yo'llanma oldi!
18 noy 2025 23:21
Yangiliklar
JCH saralashi. Iroq 90+17 daqiqada g'alaba golini urib, BAAni mag'lubiyatga uchratdi va qitalararo pley-off bosqichiga yo'llanma oldi!
Iroq terma jamoasi JCH saralashi beshinchi bosqichida BAAni ikki o'yin natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratib, hal qiluvchi pley-off bosqichiga yo'l oldi. Iroqliklar g'alaba golini 90+17 daqiqada penaltidan kiritishdi. Ilk uchrashuvda 1:1 durang natijasi qayd etilgandi. BAA uchun Jahon chempionati orzusi shu nuqtada yakunlandi. Iroq terma jamoasi endi "FIFA pley-off" saralashida OFK nomidan ishtirok etadi. "FIFA pley-off" saralashida ikkita KONKAKAF, bittadan Osiyo, Afrika, Janubiy Amerika va Okeaniya qitasidan jamoalar ishtirok etishadi. 2026 yilning mart oyida bo'ladigan ushbu saralash bosqichida Jahon chempionatining yakuniy ikkita yo'llanmasi o'z egasini topadi.
Iroq – BAA 2:1 (Dastlabki o'yin: 1:1)
Gollar: Kayo 52', Mohanad Ali 66', Amir Al-Ammari 90+17'
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar