So’nggi yangiliklar

08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  1 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  1 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  2 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  2 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  3 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  3 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  20 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2

Fabio Kannavaro: “Yanvar oyida mahalliy futbolchilar uchun yig'in o'tkazamiz, u erda yoshlarga imkoniyat beramiz” Yangiliklar

Fabio Kannavaro: “Yanvar oyida mahalliy futbolchilar uchun yig'in o'tkazamiz, u erda yoshlarga imkoniyat beramiz”

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Eronga qarshi kechgan o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Yutish har doim yoqimli bo'ladi. Muxlislar hammasi xursand. Eronga qarshi o'ynash oson emas — doimiy kurash talab etiladi. Ular juda kuchli terma jamoa, shuning uchun bo'shashish mumkin emasdi. Birinchi bo'limda o'yinni nazorat qildik, bir nechta vaziyatdan foydalana olmadik. Ikkinchi bo'limda esa gol urmasangiz, o'yin qiyinlashib borishini ko'rdik. Ammo yaxshi vaziyatdan chiqib ketdik, darvozamiz oldida jiddiy xavf tug'ilmadi. Albatta, qizil kartochkadan keyin o'yin og'irlashdi, lekin men o'yinchilarimning mentalitetidan mamnunman. Bir kishi kam bo'lsak ham raqibga imkoniyat qoldirmadik.

Aytib o'tganimdek, Eron Osiyodagi eng kuchli terma jamoalardan biri, ularda yaxshi shtab ishlaydi. Futbolchilarimiz qizil kartochkadan keyin bir jamoa bo'lib o'ynashdi. Bunday raqibga qarshi bitta kam o'ynash oson emas”, — deydi Fabio Kannavaro.

— Ikkita yig'in o'tkazdik. Kannavaroning futboli Misr bilan o'yindami yoki bugungi finaldami?

— Men ko'p narsani o'zgartirishni istamayman, lekin ayrim jihatlarni yaxshilash kerak. Biz ko'proq himoyadan chiqishga harakat qildik. To'p bilan va to'psiz holatda balancni ushlashga intildik. Yuqori pressing qildik — bular odatiy narsalar. Vaqtimiz ko'p emas, shuning uchun hamma narsa birdaniga o'zgarmaydi. Lekin men omadliman, chunki aqlli futbolchilarim bor. Ular mashg'ulotlardan zavq olishyapti. Terma jamoadagi ichki muhit yaxshi. Jismoniy tomonlama yaxshilanishimiz kerak. Mart oyidagi yig'inda yana ko'ramiz. Chempionatimiz tugaydi, Evropadagi futbolchilarimiz esa o'ynashda davom etadi.

— Terma jamoaga kelganingizdan keyin bir nechta o'zgarishlar qildingiz. Masalan, nutricolog jalb etildi. Bu nimalarga yordam beradi?

— Nutricolog taom sifatiga javob beradi. To'g'ri, bu mayda detaldek tuyulishi mumkin. Lekin aynan mayda jihatlar katta natijalarga olib keladi. “Nutricolog keldi, shuning uchun yutib qo'ydik”, deya olmayman. Biz penaltilar seriyasi bo'yicha alohida ishladik. Qaysi futbolchi yaxshiroq tepishini ko'rib, shunga qarab tanlov qildim. Penalti — bazan omadli, bazan omadsiz tugaydigan jarayon.

Ostonda yuqori potencial bor. Biroq 45 daqiqadan keyin muammolar paydo bo'lmoqda. Men bitta o'yinni yuqori saviyada o'ynab, ikkinchisida pasayish bo'lishini istamayman. Har doim barqarorlik kerak. Bu uning o'zi uchun ham foydali bo'ladi. Umid qilamanki, Ostonga yordam beramiz va barqaror o'yin kuta olamiz.

— Jaloliddin Masharipovning holati haqida...

— Jaloliddin Masharipov bilan gaplashdim. U yugurishni boshladi. Bu turnirga kelishga deyarli tayyor edi. Umid qilamanki, mart oyidagi yig'inimizda qatnashadi. Yig'in boshida 9 nafar, keyin 3 nafar futbolchi yo'q edi — bu terma jamoalarda uchrab turadigan holat.

— FIFA kunlaridan tashqari, masalan yanvar oyida ham yig'in o'tkaziladimi?

— Biz yanvar oyida yig'in o'tkazish haqida allaqachon gaplashganmiz. U erda faqat mahalliy futbolchilar bo'ladi. Tarkibimizning katta qismi legionerlardan iborat, lekin boshqa nomlarni ham sinab ko'ramiz. Yoshlarga imkoniyat beramiz. Bizga barcha futbolchilar kerak.

Reyting: +50   

Fikrlar

+5   
19 noy 08:27:14
fanat_Andijan FC and Liverpool
Janob Kannavaro hammasi yahshi lekin Sayfievni siz yo'qoting. Sizdan oldingi murabbiylar olib yurishdi. Siz nima uchun olib yurasiz. Kecha oddiy vaziyatlarda hato qilyapdi. Kannavaroni saviyasiga to'g'ri kelmaydi. JCHda sharmanda qiladi. Shukurovni tezroq zamen qiling. G'aniyevni o'rniga nega Aziz Turg'unboevni tushurmadingiz. Iltimos qanot o'yinchisidan foydalaning. G'aniyev markazda yahshi. Shukurovni 70 daqiqadan keyin qo'ysangiz 20 daqiqa zo'r o'ynab beradi. Iltimos jangovor tsrkibni tashlang
+3   
19 noy 07:33:14
Аброрхон Ахмедов
"Каннаварони футболи "?
Хақиқий провокацион савол!
Бўлди энди солиштириб тахлил қилишни йиғиштириш керак, бу каби саволлар Фабиони асабига тегади.
Ундан кўра мингта керакли саволлар бор Миллий терма жамоани келажаги ҳақида, булар ҳали ҳам "Буни келгани тўғри бўлдими ёки нотўғрими?" - деб беришибди.
+3   
19 noy 01:56:12
Fozil
Burabbiyni denkasi sezilyapdi futbolchilarda o'sish bor hujum yaxshi rivojlana boshlayapdi himoya ham yaxshi xullas Kannavaro jamoa qurishni boshladi omad Kannavaro olg'a OZBEKISTON!!!
+3   
19 noy 00:32:23
David Terezege
Rustam turdimurodovni sinab kurin Shef
+2   
19 noy 03:24:46
Дильшод
Машариповни шунақа заказ қилиб тиқвуйларчи, бу журналистлар охири шуни реклама қилиб термадаки мухитни ҳам онасиникига тиқишади, тортмайдику термага, Машарипов ўйнайдиган чап қанотда Остон билан Аббос бор, бу Мвгарипов ўзини прймида ҳам бц болларни захирада ўтқиза олмайдику, кейин бу гапга чечан мцхитни бузишга ўтади, инсоф борми, нима қиласила Машариповни заказига ўчиб
+1   
19 noy 00:55:32
Мансур Исмаилов
Жамшид Jamshid foydalanuvchining fikriga javob berish
Копадзени тактикасини ухшамас экан канотдан жарима майдончасига ошириш йук.
Шу нарсани кўриб асабим бузилаверди. Қанотдан узатаверишди ўхшамаса хам! Тўпни бекордан йўқотиб. Таййор марказдан ёриб кирса бўладиган вазиятда хам қанотга оширяпти. Қанотдан узатилган тўпни деярли хаммасини дарвозабон ушлаб олди.
+1   
19 noy 00:35:58
Акмал Djuraev
Трезегье узр + ни урнига - босилиб кетди
   
19 noy 14:07:52
Музаффар Махмудов
Дильшод foydalanuvchining fikriga javob berish
Машариповни шунақа заказ қилиб тиқвуйларчи, бу журналистлар охири шуни реклама қилиб термадаки мухитни ҳам онасиникига тиқишади, тортмайдику термага, Машарипов ўйнайдиган чап қанотда Остон билан Аббос бор, бу Мвгарипов ўзини прймида ҳам бц болларни захирада ўтқиза олмайдику, кейин бу гапга чечан мцхитни бузишга ўтади, инсоф борми, нима қиласила Машариповни заказига ўчиб
Машарипов Италия футболидаги дель Пьеро, Тотти, Барелла, Кьезаларга ўхшаш стилда ўйнайди
   
19 noy 12:04:41
ABZALHUJA
fanat_Andijan FC and Liverpool foydalanuvchining fikriga javob berish
Janob Kannavaro hammasi yahshi lekin Sayfievni siz yo'qoting. Sizdan oldingi murabbiylar olib yurishdi. Siz nima uchun olib yurasiz. Kecha oddiy vaziyatlarda hato qilyapdi. Kannavaroni saviyasiga to'g'ri kelmaydi. JCHda sharmanda qiladi. Shukurovni tezroq zamen qiling. G'aniyevni o'rniga nega Aziz Turg'unboevni tushurmadingiz. Iltimos qanot o'yinchisidan foydalaning. G'aniyev markazda yahshi. Shukurovni 70 daqiqadan keyin qo'ysangiz 20 daqiqa zo'r o'ynab beradi. Iltimos jangovor tsrkibni tashlang
Жуда тугри ёзибсиз.
   
19 noy 12:02:16
ABZALHUJA
Тугри гапирибди Коноваро. Боллада бир маром йук. Кайсидир тайм зур уйниди, кайсидир тайм вообще ташаворади уйинни.
   
19 noy 09:40:33
Isroiljon Qosimov
У17дан ҳам ўйинчи олинг Дон...
   
19 noy 01:50:06
Fozil
Omad
   
19 noy 01:17:56
Mirjalol Mirakramov
Акмал Djuraev foydalanuvchining fikriga javob berish
Трезегье узр + ни урнига - босилиб кетди
O'rnizga + bosib qo'ydim))
   
19 noy 00:49:07
TOMJIQ_OLOT
Grazie Don Fabio! Congratulazioni per le vittorie su Egitto e Iran! Avanti, Uzbekistan!
   
19 noy 00:35:43
Жамшид Jamshid
Копадзени тактикасини ухшамас экан канотдан жарима майдончасига ошириш йук.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика