Amir G'alinoi: "O'zbekiston ikkinchi bo'limda umuman darvozamizga xavf sololmadi. Bosimimiz shunchalik kuchli bo'ldiki, "Manchester Siti" futbolchisi maydondan chetlatildi"
19 noy 01:08
Yangiliklar
Amir G'alinoi: "O'zbekiston ikkinchi bo'limda umuman darvozamizga xavf sololmadi. Bosimimiz shunchalik kuchli bo'ldiki, "Manchester Siti" futbolchisi maydondan chetlatildi"
"O'zbekiston bilan o'yinni yaxshi boshlamadik, lekin vaqt o'tishi bilan tashabbus to'liq bizga o'tdi. Bu turnir biz uchun o'sish uchun imkoniyat edi. Kuchli va zaif tomonlarimizni aniqlash va bartaraf etish uchun o'yinlar juda muhim. Tanzaniya bilan uchrashuvni ham hisobga olsak, so'nggi uch o'yinda ishonchli tarzda darvozamiz dahlsizligini saqladik. Bugun O'zbekiston bilan o'yin dastlabki 25 daqiqada biz uchun yaxshi kechmadi, ammo o'sha paytdan boshlab, ayniqsa ikkinchi bo'limda, o'yin to'liq nazoratimizga o'tdi. Ko'plab burchak to'plari ishladik, bir nechta juda yaxshi vaziyatlar yaratdik. Bu biz uchun muhim — demak, o'sish bor. Jarohati bor futbolchilarimiz qaytib qo'shilsa, jamoaning darajasi yanada oshadi. Umuman olganda, futbolchilarimni tabriklayman — turnir davomida juda yaxshi o'ynashdi va mehnat qilishdi. To'pni yaxshi aylantirdik, maydonda masofalarni to'g'ri qisqartirdik. 90 daqiqada ham g'alaba qozonishimiz mumkin edi, faqat vaziyatlardan foydalanmadik. Bu o'yinlarda natija emas, rivojlanish muhim. Himoya tizimimizda ham, vaziyat yaratishda ham juda yaxshi edik.
Majid Hosseyni maydonga tushgandan keyin himoya qanday o'zgarganini ko'rdik. Endi tasavvur qiling, Sardor Azmun, Mehdi Gayedi, Ali Qolizoda va hatto Jahonbaxsh ham safga qaytsa, jamoaning darajasi qanchalik o'sadi. Biz o'z maqsadlarimizga erishdik. Adolat bilan baholagan odam Eronning bu turnirdagi o'yinini maqtaydi. O'zbekiston Misrga qarshi juda faol o'ynagan edi, lekin bizga qarshi unday bo'lmadi. 25-daqiqadan boshlab jamoaviy intizomimiz juda yuqori bo'ldi. Bunday o'yinlar bizga kamchilik va afzalliklarimizni aniq ko'rsatib beradi. Men jamoadan juda mamnunman va futbolchilarga rahmat aytaman. O'zbekiston ikkinchi bo'limda umuman darvozamizga xavf sololmadi. Biz 8 ta burchak to'pi ishladik, raqib esa bor-yo'g'i 1 ta. To'p nazorati 60/40 ga bizning foydamizga bo'ldi. Bu himoyada ham, hujumda ham yaxshi ishlaganimizni ko'rsatadi. Faqat gol urish kerak edi. O'zbekiston kuchli jamoa, lekin ikkinchi bo'limda 11 kishi bo'lishiga qaramay, umuman darvozamiz tomon kela olmadi.
Raqib himoyachisi futbolchimiz bosimi ostida maydondan chetlatildi. Oldingi o'yinimizda Ariya Yusufiy oddiy xatolik bilan markazda qizil olgan edi, bu safar esa bosimimiz shunchalik kuchli bo'ldiki, "Manchester Siti" futbolchisi maydondan chetlatildi. Bu — hujum va himoyadagi o'sishning yaqqol belgisi. Bugungi o'yinda Kabo-Verdega qarshi o'yinga nisbatan hujumimiz tezroq, to'p aylantirishimiz esa shiddatliroq bo'ldi. Ammo bundan ham yaxshiroq bo'lishi uchun jarohat olgan futbolchilar safga qaytishi shart. O'zbekiston bilan o'yindan juda mamnunman. Hujumda ham, himoyada ham juda yaxshi belgilar ko'rsatdik. Penaltida yutish yoki yutqazish esa unchalik muhim emas", -deydi Amir G'alinoi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar
Этканча кападзечила тиримисила или силаям бугун временныйга эронлини екволдилами?????