So’nggi yangiliklar

21:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1 (матнли трансляция)  251 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  5 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4 17:03Эндрик таништирув маросимига 43 минг мухлис келди  1 16:36Эндрик таништирув маросимида йиғлаб юборди ва "Реал" эмблемасини ўпди  7 15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  2 15:18Ўзбекистон олимпия терма жамоасида Йўлдошев ўрнига бошқа футболчи қайдномага киритилди  20 14:56"Барселона" энди шортларга ҳам реклама ёпиштиради  2

"SHomurodovni "Ufa" klubidan kelgan deb o'ylardim". "Rostov" reabilitologi futbolchilar va murabbiy haqida gapirib berdi Yangiliklar

"SHomurodovni "Ufa" klubidan kelgan deb o'ylardim". "Rostov" reabilitologi futbolchilar va murabbiy haqida gapirib berdi

"Rostov" RPLning eng ispancha klubi.

Murabbiylar shtabida faqat ikki kishi rossiyalik (Karpinni hisobga olmaganda): Bosh murabbiy yordamchisi Mixail Ospinov ("Rostov" safida 259ta uchrashuv o'tkazgan sobiq futbolchining o'g'li) va darvozabonlar ustozi Vitaliy Kafanov. Jonatan Alba - tahlilchi. Luis Martines - jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy. Raul Kanle va Ugo Ogando - fizioterapevtlar. Reabilitolog Alvaro Sayabera (jarohatlanganlar bilan ishlaydi, dieta rejasini tuzadi) "Rostov"ga o'tgan yili kelgan: Qisqichbaqa va "Baltika"ni tatib ko'rdi, biroz ruscha gapiradi. U Eldor SHomurodovni "Ufa" klubidan kelgan deb o'ylagani, Karpinning ajoyib xotirasi haqida gapirib berdi.

Bu gaplardan oldin Alvaro hayoti haqida malumot beramiz:

- Alvaro (1987 yilda tug'ilgan) oilasida hamma "Real"ga muxlislik qiladi, ammo u "Atletiko" akademiyasida futbol sirlarini o'rgandi va markaziy himoyachiga aylandi. "SHanday qilib qalbim qizil-oqqa aylangan. Madriddagilar "Atletiko"chi bo'lish - g'alaba dardida azob chekish deb aytishadi, ammo Simeone kelishi bilan hammasi o'zgardi, endi klubda g'oliblar mentaliteti sezilmoqda".

- Futbolchi bo'la olmadi: Alvaro jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy kasbini tanladi. 2012 yilda AQSHga yo'l olib, ingliz tilini o'rgandi va bilib oldi.

- 2006 yilda "Atletiko"ga keldi: 8 yoshgacha bo'lgan bolalar bilan ishlagan mutaxassis keyinroq U12 va U16 jamoalarning jismoniy tayyorgarligiga javob berdi. 

To'rt mavsum "Atletiko"ning ayollar jamoasida ishlab, ikki marta mamlakat chempioni va bir marta Qirolicha Kubogi sohibi bo'ldi.

"Ayollarda hammasi boshqacha. Ularda kuch va tezlik erkaklar futbolinikidan kam, taktika haqida gapiradigan bo'lsak, u yo'q. Ammo so'nggi jahon chempionatiga etibor qarating: Ularning kelajagi porloq" - deydi Alvaro.

- 2017/18 mavsumda "Atletiko" ayollarida qoldi va 8dan 16 yoshgacha bo'lgan akademiya tarbiyalanuvchilarining jismoniy tayyorgarligiga javob berdi. Alvaro 73ta jamoada ishlagan.

- 2018 yilning yozida unga "Rostov"ning jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyi Luis Martines qo'ng'iroq qilib, Karpin bilan ishlashni taklif qilgan. Alvaro o'shandan beri Rossiyada - shartnomasi bir yildan so'ng yakuniga etadi.

Endi esa Alvaroni tinglaymiz. U ko'plab so'zlarni rus tilida aytdi.


Murabbiylar futbolchilardan avvalroq kelib, Karpin bilan bir stolda nonushta qilishadi

Men "Rostov"da reabitolog murabbiyi man. Jarohatlanganlar bo'lsa, ular bilan ishlayman, hamma sog' bo'lsa jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy Luisga yordam beraman, fishkalarni o'rnatib chiqaman. 

Futbolchilar meni Alvaro deb chaqirishadi. Bazilar "Alvarito", Alvaro Arbeloa yoki Alvaro Morata deyishadi. Bugun payshanba, kechroq mashg'ulot bo'ladi, hozir jarohatlanganlar uchun mashg'ulot rejasini tuzyapman va 15 daqiqadan so'ng bazaga yo'l olaman: fizioterapevtlar bilan maslahatlashaman, kelasi haftadagi mashg'ulotlar haqida o'ylashni boshlash kerak. Keyin o'zim yugurib yoki mashq qilib, keyin dam olaman: Sayr, restoran yoki kino. Drama, trillerlarni yaxshi ko'raman, "Juda g'alati ishlar" serialini ko'rishni boshladim.

Odatda 7:45da uyg'onaman. Bazaga yaqin joyda yashayman, "Yandeks Taksi" chaqirib, nonushta qilish uchun klub binosiga yo'l olaman - 8:20da murabbiylar uchun ajratilgan stolda yig'ilamiz, Kafanov va Ospinov kelmaguncha Karpin biz bilan ispanchada suhbatlashadi - keyin kuch etganicha ruschada gaplashamiz. Ovqatlanish zalida qovurilgan tuxumni so'rashingiz mumkin, ammo men asosan quymoq, yorma, sharbat va qahva olaman.

Futbolchilar 9 yoki 9:15da kelishadi: Biz bu vaqtgacha mashg'ulot qanday o'tishini aniqlashtirishimiz kerak. Hammasi oldindan o'ylangan, ammo nonushtada bu haqida suhbatni davom ettiramiz, keyin tibbiy qismga o'tamiz, futbolchilar u erda o'zini qanday his qilayotgani, jarohati haqida gapirib berishadi. Agar futbolchi og'riq bilan uyg'ongan bo'lsa, uni mashg'ulotdan oldin ko'rikdan o'tkazish kerak bo'ladi.

Mashg'ulot bir yarim soat davom etadi. Odatda asosiy jamoa bilan bo'lmayman. Ular maydonda bo'lsa, sportzalda jarohatlanganlar bilan mashg'ulot o'tkazamiz. Biroq zerikib qolmayman, aksincha, futbolchilar bilan yolg'iz qolaman va ular meni rus tiliga o'rgatishadi. 

Qanday shug'ullanamiz? Men yuklamani jarohatga ko'niktirishim kerak. Mashqlarni trenajer zalida boshlaymiz, asta-sekinlik bilan og'ir mashg'ulotlarga o'tamiz va keyinroq maydonga chiqamiz. Agar jarohatlanganlar ko'p bo'lsa, barcha bilan birga ishlash uchun taqvim tuzib chiqaman. Bazida bir futbolchi zalda, ikkinchisi maydonda shug'ullanishiga to'g'ri keladi, shu sababli jarohatlanganlar kamligidan mamnun bo'laman. Futbolchilar piqqillovchi aparat "biper" bilan yugurishni yomon ko'rishadi: Uskuna har soniya yozadi, demak, tempni oshirish kerak.


Mashg'ulotdan so'ng futbolchilar massaj va spa zonalariga o'tishadi, muzdek va issiq suvga tushishadi. Keyin tushlik qilamiz, ishlarni yakunlab, biror futbolchi bilan suhbatlashib o'tiramiz, uyog'iga vaqt bemalol. To'rtdan so'ng bo'shman.


Alvaro futbolchilarning ovqatlanishini nazorat qiladi. Hamirli mahsulotlarni meva va sabzavotlarga almashtirishni maslahat beradi. Nega?

Dieta tutishga ham yordam beraman, chunki "Sport ovqatlanishi" bo'yicha magistr diplomiga egaman. Asosan men dieta rejasini tuzmayman, ammo futbolchilar ko'proq menga murojaat qilishadi va tiklanish uchun nima tanovul qilish, vaznni qanday tashlash haqida so'rashadi. Doimo aytaman, ko'p pasta (makaron - hamirli taom) tanovul qilish noto'g'ri. Makaronlarni meva va sabzavotlarga almashtirish kerak, bu qayta ishlanmagan uglevodlar-ku. O'yindan so'ng pasta juda yaxshi ovqat, ammo mashg'ulot haftasida uni tanovul qilmagan maqul. Eng asosiy qoida oddiy: to'laqonli nonushta, tushlik, kechki ovqat va ular orasidagi kichik tanovullar, o'yinga bir necha kun qolganda bu rejim juda muhim.


Karpinning xotirasi juda kuchli. Xatto Alvaro buni payqadi

Karpin ispaniyalik emas, ammo bu tilda mendan ham yaxshi gapiradi, xa-xa. Uning rus tilida ispancha akcent bor, ispanchasida esa galisiyacha, axir u Ispaniya shimolida ko'p to'p tepganku! Mashg'ulotlarga ham ispancha yondoshadi: video bilan ko'p ishlaydi, tahlilchi bilan ko'p o'tiradi, fizioterapevt bilan yuklamalarni muhokama qiladi. Ispaniyada murabbiylar jarayonga ko'p etibor qaratishadi - Karpin ham shunday. Juda ko'p ishlaydi: Bazida kechgacha o'yinlarni tahlil qilib, bazada yotib qoladi.

Aytgancha, men ham ko'p marta bazada qolganman. Juda qulay va yoqimli: Baza xodimlari (ular 50 yosh atrofida) bizga xizmat ko'rsatishadi, salat, tovuqli stey va lasos filelarini tayyorlashadi, ular tufayli o'zingizni uydagidek his qilasiz. Ular juda mehribon: o'yindan oldin omad tilashadi, quchoqlab qo'yishadi. G'alabadan so'ng ularga rahmat aytamiz, chunki bu ularning ham muvaffaqiyati.

Karpinga qaytamiz. Muloqotda hazil va jiddiylik balansini ushlab turadi, har qanday onda qiziq gap aytib qolishi mumkin. Meni ko'rib qolsa, doimo hech narsa qilmayotganimni aytadi: "Tongda uxlaysan, tunda vaqtichog'lik qilasan, ishlamaysan". Bu albatta hazil.

Mavsum davomida bir necha marta bosh murabbiy va boshqa ispaniyaliklar bilan tushlik qildik: Karpin qanday futbolchi bo'lganligi, Rossiyada o'ynagani haqida gapirib beradi. Ispaniya tarixini yaxshi biladi. Murabbiy bilan bunday do'stona munosabat ishlashga yordam beradi, uni Mister deb chaqiraman.

Uni xotirasi ham kuchli: Juda eski narsalarni gapirib qoladi. Masalan, u jismoniy tayyorgarlik bo'yicha juda talabchan, har bir futbolchining vazni, qancha yugurgani va haftadan qancha vazn tashlaganini bilishni istaydi. Buning hammasini eslab qoladi, xohlagan paytida bu raqamlar haqida gapirib qolishi mumkin.


Alvaro jarohatlanganlar bilan ishlab, rus tilini o'rgangan (o'qituvchining ismi Timofey Kalachev)

O'tgan yili fizioterapevt va tahlilchilar bilan haftada ikki marta o'z hisobimizdan rus tili kurslariga bordik. Sentyabrda o'qishni davom ettiraman.

Kurslar haqiqatdan ham menga yordam berdi: Tilni tushuna boshladim, ammo ko'p xato qilyapman. Suv so'rashni istasam so'zlarni adashtirib qo'yaman: Butilka voda, vody, vodi. Menga "davay" so'zi yoqadi, uni hamma joyda ishlatish mumkin. Umuman olganda rus tili hayron qoldirishga qodir. Avvaliga Eldor SHomurodov "Ufa" klubida kelgan deb o'ylagandim, malum bo'lishicha, uning futbolkasidagi UFA yozuvi - O'zbekiston terma jamoasining qisqartmasi ekan. Men esa: "Jin ursin".

Mashg'ulotlarda tarjimon bo'lmaydi: Futbolchilar yordam berishadi.

O'tgan mavsum Kalachev bilan ko'p vaqt o'tkazdim: U jarohatidan qutilgunicha muloqot qildik. Suhbatni ingliz tilida boshladik. U Rossiyadagi hayot haqida gapirib, meni rus tiliga o'rgatdi, "Fabrika" restoranini taklif qildi. Parshivlyukning tug'ilgan kunida butun jamoa bo'lib o'sha restoranga bordik. Kalachev ko'pincha "spokoyno" derdi, men esa unga shu so'zning ispancha variantini ("trankilo") o'rgatdim.

Ikki yil futbolsiz yashagan Eryomenko nega bunchalik yaxshi o'ynayapti? "Rostov"da eng tezi kim? Kim ko'proq kuylab, raqsga tushadi?

Roman (Eryomenko) - fenomen! Faoliyatidagi tanaffusdan so'ng qaytish niyati kuchli edi va maksimal darajaga chiqishni istadi. U juda ko'p mehnat qiladigan inson, hamma sir shunda. Jarohat olmaslik uchun qo'shimcha mashg'ulotlarni bajaradi: Ammo bu normal holat, barcha futbolchilar mashg'ulotlardan so'ng yarim soat shug'ullanishadi. O'zining kuchsiz tomonlarini yaxshi biladi va ular ustida ishlaydi.

Jamoadagi eng tezi -  (Aleksey) Ionov. Tezligini 34 km/soatgacha etkaza oladi.

Mashg'ulotlar qiroli - (Macey) Vilyush. Mashg'ulotlarni ideal tarzda bajaradi, shu sababli uni boshqalarga ko'rsatib, mashq shunday bajarilishi haqida aytamiz. U jamoadagi eng quvnoq insonlardan biri: Men bilan ishlashda raqsga tushadi, musiqa yoqib qo'yadi. U polshalik, biroq ispan va lotin amerikasi qo'shiqlarini yaxshi ko'radi, Despacito kabi ashulalarni kuylaydi.

Joriy mavsum Bayramyan qaytdi - u ham hazilkash va quvnoq yigit. Uchrashganimizda doimo shunday deydi: "O, akaxon (bratan), anchadan beri seni ko'rmadim, ishlamayapsanmi?"


Bir o'zi yashaydi, shahardagi parkda yugurib turadi

Oilam men bilan ko'chib kelmagan. Ishlarni yakunlaganimdan so'ng, o'zim ham biroz shug'ullanaman - "Olimp-2" stadioni yonidagi parkda yuguraman yoki bazadagi trenajer zaliga kiraman. Keyin klubdagi ispanlar bilan ko'rishib (bu erda boshqa do'stlarim yo'q), kimnikigadir mehmonga boramiz. Ular bilan ko'l bo'yiga borishni xush ko'ramiz, suv oldida havo salqin.

SHahardagi eng go'zal bino - "Rostov-Arena". Pushkin ko'chasi, Revolyuciya parkini yaxshi ko'raman. Don daryosida cho'milmaganman, u toza emas.

Umuman olganda hamma narsa yoqadi, Rostov Ispaniyaga o'xshaydi: Havo issiq, insonlar bir-biriga yaqin, faqat oila va do'stlar etishmaydi.

 

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика