So’nggi yangiliklar

09:55КЖЧ. "Ал Ҳилол" тўртта гол уриб, "Манчестер Сити"ни мусобақадан чиқариб юборди  0 09:43ОКМК дарвозабони жамоани тарк этишга яқин  0 09:10"Ким қолишни истамаса, хайр!". "Интер" сардори Лаутаро ЖЧни тарк этганига муносабат билдирди  1 08:44Сенсация! "Ал Ҳилол" даҳшатли ўйинда "Манчестер Сити"ни мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  74 08:20Суперлига. 15-тур баҳсларининг бошланиш вақтлари маълум  0 07:40Криштиану Роналду: "Бу аллақачон ўтмиш"  17 04:34"Манчестер Сити" — "Ал Ҳилол". Таркиблар маълум  66 02:00КЖЧ. "Интер" Бразилия жамоасига мағлуб бўлди ва турнирни тарк этди  25 01:11Миржалол Қосимов: "Тўрт ўйиндан буён гол ура олмаяпмиз. Футболчиларга ортиқча босим қилиб юбордим, деган хаёл келди"  8 01:00Суперлига. Плетнёвнинг заргарона узатмасидан сўнг урилган гол "Сурхон"га ОКМК устидан ғалаба тақдим этди  3 00:56Февзи Давлетов: "Бизга бу ғалаба жуда керак эди"  4 00:25РПЛ-2025/26да фақат сардорларга ҳакамлар билан мулоқот қилишга рухсат берилиши мумкин. Бошқалар жазоланади  0 23:23"Астон Вилла" Рэшфорд, Асенсио ва Дисасиларнинг кетганини эълон қилди  2 22:54"Ювентус" тезроқ Влаховичдан қутилмоқчи, Душан эса йиллик маоши 20 млн. евро бўлган таклифни рад этди  1 22:15МЮ нархи 60 млн. фунт бўлган ҳужумчини сотиб олиши мумкин  1

SHomurodov va Sobolev 2 oydan beri gol urishmayapti. Ularga nima bo'ldi? Yangiliklar

SHomurodov va Sobolev 2 oydan beri gol urishmayapti. Ularga nima bo'ldi?

Tez orada Dzyuba to'purarlar poygasida bu yigitlardan o'tib ketishi mumkin.

"Rostov"dagi hamyurtimiz Eldor SHomurodov anchadan beri gol ura olmayotganini payqagandursiz, biroq u bilan jiddiy raqobat qilayotgan Aleksandr Sobolevdan ham vaziyat shunday. Championat.com jurnalisti Bogdan Gorbunov bu yigitlar nega gol urmay qo'yganini o'rganib chiqdi va maqola tayyorladi. Ushbu maqolani etiboringizga havola qilamiz.


Aleksandr so'nggi marta 5 oktyabr kuni "Sochi" darvozasiga ikkita gol urgan edi, bir kun o'tib Eldor CSKA darvozasini ishg'ol qilgan. O'shandan keyin RPLning Sobolev 5ta, SHomurodov esa 6ta uchrashuv o'tkazdi va raqib darvozasini biror marta ishg'ol qila bilishmadi. Ularga nima bo'ldi? Tahlil qilishga urinib ko'ramiz.


SHomurodov "Rostov" xatolari qurboniga aylandi


Golsiz seriya boshlanishidan avval "Rostov" forvardi hujumni yakunlashda sovuqqon edi. Raqib darvozasini ishg'ol qilish uchun futbolchiga yarimta vaziyat ham etarli bo'layotgandi.


O'zbekistonlik hujumchi uchun imkoniyatlar qo'ldan boy berilgan asosiy o'yin "Dinamo" bilan mehmondagi bahs bo'ldi. Eldor o'sha bahsda 5ta zarba berdi va Valeriy Karpinning so'zlariga ko'ra, 3ta golli vaziyatdan foydalana olmadi.


Avvaliga jarima maydonchasining chap qanotidan gol urolmadi, keyin Ionov uzatmasidan so'ng va so'nggi muvaffaqiyatsiz urinish 11 metrlik nuqta oldidan bo'ldi.


Biroq forvard omadsizliklarining asosiy sababi vaziyatdan foydalana olish emas. SHomurodov o'zining ochilishdagi xatolar va jamoadoshlarining ishonchsiz o'yinidan jabr ko'ryapti. 


Eldor deyarli barcha gollarini darvozaga qaragan holda urdi. Yoki to'p bilan qarshi hujumga qochib yoki vaziyatni yaxshi his qilib, to'pga bir teginish bilan darvozani ishg'ol qildi.


"Rostov"ning so'nggi o'yinlarida SHomurodov jarima maydonchasi ichida juda passiv harakat qildi va uzun uzatmalarni to'pga teskari turib qabul qilishga urindi. Bazida forvard bo'sh zonalarni topib, u erga ochilish qobiliyatini yo'qotib qo'ygandek ko'rindi.


Eldor omadli ochilgan kezlarda uning jamoadoshlari SHomurodovga pas berishmadi yoki uzatma sifatsiz bo'ldi. Bunga yorqin namuna sifatida "Rostov" hamda "Ural" o'yinidagi vaziyatni ko'rsatish mumkin.


Bahsning 72-daqiqasi, Popov ikki raqibidan o'tib, to'pni o'ng qanotdagi Ionovga uzatdi.

Aleksey to'pni jarima maydonchasiga tashlashga tayyorgarlik ko'ryapti. U erda Popov ikki futbolchini o'ziga ergashtirib, SHomurodov uchun bo'sh zona yaratib beryapti.

Hech kim tomonidan yopilmayotgan Eldor pasni kutyapti, ammo pas Saplinovga bo'ldi va u himoyachi bilan kurash tufayli gol ura olmadi. Bu vaziyatda yo Ionov texnik xatoga yo'l qo'ydi yo xavbekka pas berib, noto'g'ri qaror qabul qildi.

So'nggi paytlarda bunday vaziyatlar ko'p sodir bo'lmoqda. SHu sababli SHomurodovning foydalilik koefficienti tushib ketishida noaniq uzatmalarning tasiri bor.


Sobolevga qarshi himoyalanishni o'rganib olishdi


"Krilya Sovetov" hujumchisida SHomurodovdan farqli o'laroq so'nggi beshta bahsda gol urish uchun tuzukroq vaziyat bo'lmadi. U darvoza tomon 11ta zarba berdi va ularning 3tasi jarima maydoni tashqarisidan oyoqda bo'ldi. Aleksandr boshqa vaziyatlarda yo uzoqdan zarba berdi yo boshi bilan darvozani ishg'ol qilishga urindi.


Forvardning muammosi shundaki, raqib himoyachilari unga ko'nikishdi va uning o'yiniga oddiy "dori" topishdi.


RPL startida raqiblar Sobolevga juda ko'p hudud berib, xatto to'p qabul qilishga imkoniyat yaratishgan. Bunday erkinlikka ega bo'lgan forvard 1-turda CSKA darvozasiga 2ta gol urdi.


Endi esa Aleksandrga bir qarich bo'sh joy berishmayapti va to'p qabul qilishga maksimal darajada halaqit qilishmoqda. Agar to'p futbolchigacha etib kelsa, unga himoyachi biriktiriladi va u Sobolevni darvozadan uzoqlashtirishga urinadi.


Pastdagi suratda himoyachilar "Krilya Sovetov" hujumchisiga qarshi faol harakatining namunasi ko'rsatilgan. ("Spartak" - "Krilya Sovetov" o'yinidan)


Jigo Zinkovskiy Sobolevga pas bermoqchi ekanligini ko'rdi.

Uzatma paytida u hujumchidan oldin to'pga chiqdi va forvard to'pni qabul qilishiga imkon bermayapti.

Sobolev maydonga tushgan so'nggi 5ta uchrashuvning 3tasi RPLning eng yaxshi himoyaga ega bo'lgan jamoalariga qarshi bo'ldi ("Zenit", CSKA, "Spartak"). Bu klub himoyachilari Sobolevni yaxshi qo'riqlashdi, shu sababli hujumchida golli vaziyat bo'lmadi.


Boshqa jamoalarga qarshi bahslarda Aleksandrga osonroq bo'ladi. Ammo agar himoyaga qarshi biror uslub topa olmasa, Sobolevdan avvalgi mahsuldorlikni kutmagan maqul.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика