So’nggi yangiliklar

09:56Ўзбекистон МТЖ собиқ футболчиси Каннаваронинг тайинланиши ҳақида: "Ассоцация қандай мезонларга таянганини билмайман"  0 09:20Туркиялик футболчининг трансфер нархи 80 миллион евро этиб белгиланди  0 08:59ФИФА президенти яна бир бор Ўзбекистон ҳақида фикр билдирди  2 08:15"Челси" январда 50 миллион фунтлик трансферни амалга оширмоқчи  0 07:45Ўзбекистон МТЖ собиқ футболчиси Каннаварони терма жамоаси устози бўлгани ҳақида фикр билдирди  7 01:57"Интер" кетма-кет 5 та пенальти қайтарган дарвозабонни сотиб олмоқчи  1 01:18Левандовски билан можаро сабаб ишсиз қолган мутахассис Қозоғистон терма жамоасини бошқариши мумкин  5 00:49"Бавария" "Барселона", "Ливерпул" ва "Реал" қизиқаётган ҳимоячи билан боғланди  0 00:15Жейми Каррагер: "Ливерпуль" деярли баскетбол жамоасига айланиб қолди"  1 23:31УЕФА "Барселона" ва "Милан"га АҚШ ва Австралияда ўйин ўтказишга рухсат берди, лекин ташкилот миллий лигалар ўйинларини чет элда ўтказишни қўллаб-қувватламайди  1 22:31ФИФА президенти Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийини табриклади  39 22:00"Барселона" Араухони қанчага сотмоқчи?  6 21:36"Қайрат" бош мураббийи Калмурзага машина совға қилиниши ҳақида: "Агар ёрдам бермоқчи бўлсангиз – клубга автобус ёки микроавтобус совға қилинг. Бир кишини алоҳида ажратиш нотўғри, бу жамоавий спорт"  6 21:08"Марсель" "Реал" ҳужумчисини ижарага олмоқчи  2 20:01"Челси" "Ювентус" етакчиси учун 66 млн евро таклиф этди ва рад жавобини олди  7

SHomurodov qanday klubga ko'chib o'tmoqda? Yangiliklar

SHomurodov qanday klubga ko'chib o'tmoqda?

Eldor SHomurodov A Seriyaga o'tdi. Hujumchi "Jenoa"da debyut qilgunga qadar, u haqida biroz suhbatlashamiz.

SHahar

Italiya shimolidagi shahar Likurgiya provinciyasining mamuriy markazi hisoblanadi. 600 ming odam istiqomat qiladigan bu shahar mamlakatda kattaligi bo'yicha oltinchi o'rinda turadi. Genuya Italiyaning eng yirik dengiz portlaridan biri hisoblanadi, Genuya respublikasi esa O'rta er dengizining eng boy shaharlaridan biri hisoblanardi. Darvoqe, Genuya Xristofor Kolumbning vatanidir. Geografik joylashishi tufayli Genuya hozir ham ancha qulay va salohiyati yuqori shahar sanaladi.

Jamoa

"Jenoa" mamlakatning eng tarixiy klublaridan hisoblanadi. Genuyaga futbol ingliz dengizchilari orqali kelgan. Avvaliga "Jenoa" kriket klubi edi, ammo oradan ikki yil o'tib, futbol jamoasi ham tashkil etildi. U 1898 yili birinchi marta Italiya chempionatida ishtirok etadi. Takidlash lozim, aynan "Jenoa" mamlakatning birinchi chempioni nomiga sazovor bo'ladi va uni qatorasiga ikki bor himoya qiladi. Jamoada asosan ingliz futbolchilari harakat qilardi, bu raqiblarning kinoyali kulgusiga sabab bo'lardi. Legionerlarga qo'yilgan cheklovdan so'ng "Jenoa"ga oson bo'lmagan.

SHunday bo'lsa-da, jamoa o'zini yo'qotib qo'ymadi va umumiy hisobda 9 bor mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi. Ikkinchi jahon urushi "Jenoa"ga shunday og'ir zarba berdiki, klub undan o'ziga kelolmadi. Italiya chempionati qayta tiklangach, "Jenoa" maqtanishga arzigulik natijalarni qayd eta olmadi va ligalar bo'ylab sayohat qilib yurdi. Va faqatgina Jan Pero Gasperinining (Ha, o'sha "Atalanta"ning murabbiyi) "Jenoa"ga kelishi klub A Seriyaga mustahkam joylashib olishi va bir necha bor evrokuboklarda ishtirok etishini taminladi.


O'tgan mavsum

Aslini olganda, o'tgan mavsum "Jenoa" uchun dahshatli bo'ldi. Musobaqa yakunida klub 17-o'rinni egalladi va sal qolsa quyi ligaga tushib ketardi. Mavsum davomida "grifonlar" uch bor murabbiyni almashtirishdi. Jamoada malum muddat Tiago Motta ham faoliyat olib bordi, lekin uning ham "ketmoni uchmadi". Jamoani og'ir pallada Davide Nikola qutqarib qoldi, ammo u bilan shartnoma muddati uzaytirilmadi. Afsuski, bir qator yangi futbolchilar o'zlarini ko'rsata olishmadi va "Jenoa" hamon tarkibni shakllantirish bilan band. Klub rahbariyati baxtiga Pinamonti yaxshi narx evaziga sotildi, SHomurodov amalda aynan uning o'rnini bosishi kutilmoqda.


Murabbiy 

Rolando Maran "Kevo"dagi faoliyati bilan o'ziga etiborni qaratgandi, o'tgan mavsumni esa "Kalyari"da o'tkazgandi. Uning haydalishi Sardinida hamon savollarga sabab bo'lmoqda. Uning faoliyatida hech qachon chinakamiga katta jamoalar bo'lmagan, lekin u bor imkoniyatidan maksimal darajala foydalana olishga qodir. Tartib-intizom, mustahkamlik va  ishonchli o'yin — Maran aynan shunday principlarga rioya qiladi. Uning barcha jamoalari jismonan yaxshi tayyorlanadi, shu sababli SHomurodov bu, o'zi uchun yangi, modelga ko'nikishi zarur. "Rostov"da futbolchimizda jismoniy holat borasida muammolar kuzatilmagan, lekin A Seriyada yanada ko'proq mehnat qilish talab qilinishi aniq.


Raqobatchilar 

SHomurodov asosiy tarkib uchun kurashishiga to'g'ri keladiganlar ichida Mattia Destro ajralib turibdi. O'z darajasini ushlab tura oladigan tajribali va kurashuvchan hujumchi. O'tgan mavsum unga jarohatlar pand berdi va futbolchi umuman gol ura olmadi. SHuningdek, boshqa bir tajribali hujumchi Goran Pandevga etibor qaratmaslikning iloji yo'q. Pandev 37 yosh bo'lishiga qaramay, yaxshi sport formasida bo'lib turibdi. Muhimi SHomurodov hujumchilar ro'yxatini to'ldirish yoki kimnidir o'rniga zaxiradan tushadigan variant sifatida emas, jamoani tark etgan Pinamontining yo'qligini sezdirmaydi deb olib kelindi. "Grifonlar" jamoaga hujumchilarni taxlab tashlay olmaydi, qo'shimchasiga, yulduz forvardlarni. Yani bularning barchasi SHomurodovda imkoniyat bo'lishidan darak, O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi undan foydalana olsa bo'lgani. Jamoa odatda 2 nafar hujumchi bilan harakat qiladi.


Qanday o'ynaydi?

Rolando Maran 2 hujumchi bilan o'ynashni yaxshi ko'radi, hozir "grifonlar"da 3-5-2 taktikasi uchun ideal tarkib jam bo'lmoqda. Zappakosta va Gilonening borligi esa bunga yanada ko'proq ishonish uchun zamin yaratmoqda. Aynan shu ikki futbolchi qanotdan Eldorga to'pni etkazishda faol bo'lishadi, hujumchi esa to'p uchun kurashda yutib chiqishi talab etiladi. SHuningdek, "Yuventus"dan ijaraga olingan Marko Pyacani unitmaslik lozim. Xorvatiyalik ikkinchi forvard rolini bajaradi va oldingi chiziqning ortida harakat qiladi. Markazda Lerager va Badelning borligi to'pni boshqarish va SHomurodovni zarba uchun qulay vaziyatga chiqarishda muhim omil bo'lib xizmat qiladi. "Napoli" bilan o'yin (0:6)ni inobatga olmasak, o'sha kuni futbolchilar juda ko'p individual xatolarga yo'l qo'yishdi, "Krotone" bilan uchrashuvda "grifonlar" o'zlarini yaxshi tomondan ko'rsatishdi. 


Nimalar kutilmoqda

SHomurodov A Seriyada to'p tepgan o'zbekistonlik ikkinchi futbolchiga aylanadi. Bir necha yillar avval Ilyas Zeytullaev "Yuventus"ga o'tgan, keyin Appenin yarim orollarida qator jamoalarda, jumladan "Jenoa"da ham o'ynagan, faoliyat olib borgan. Qaysidir manoda SHomurodov transferini Pyontek xaridi bilan solishtirish mumkin. Har ikki futbolchi jarima maydoni ichida o'zini yaxshi his qiladi va vaziyatni seza oladi. Ha, balki Eldorning zarbasidan keyin to'p evropalik hamkasbi kabi o'qdek uchmas, ammo SHomurodov jismonan kuchliroq, yakkakurashlarda foydaliroq va oldinda sherik bilan chiqishib o'ynab keta oladigan futbolchidir.

Aynan shu masalada Pyontek sustkashlikka yo'l qo'ygandi. Ko'p narsa SHomurodov to'psiz qanday harakat qilishiga bog'liq. U "Jenoa"da to'p bilan "Rostov"dagiga qaraganda kamroq muomalada bo'lishiga tayyor turishi lozim. Tabiiyki, golli vaziyatlarni ham qadriga etish, imkon qadar ko'prog'idan foydalanish talab qilinadi. Nima bo'lganda ham "Jenoa" kam pul sarflamayapti va klubdagilar hozirdanoq keyingi transfer haqida o'ylashayotgan bo'lsa ajab emas. Agarda SHomurodov o'zini yaxshi tomondan ko'rsata olsa, uning Italiyadagi faoliyati Genuya bilan cheklanib qolmasligi turgan gap. 


Sergey Rumyancev
Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +63   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика