So’nggi yangiliklar

21:28Бензема "Олтин тўп" ҳақида: "Совринга Винисиус муносиб"  0 21:20Mirabror Usmanov Cup-2024. Драматик кечган баҳсда Ўзбекистон футзал терма жамоаси Гватемалани 5:4 ҳисобида мағлуб этди  3 21:00Эдерсон кетса "Манчестер Сити" дарвозасини ким қўриқлайди?  0 20:31Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ ўрин олган гуруҳ: ўйинлар, таркиблар, натижалар  6 20:17"Астон Вилла" 50 млн. фунтга Онанани сотиб олди  1 20:05"Комо" "Ювентус" хавбекига даъвогарлик қилмоқда  0 19:48Mirabror Usmanov Cup-2024. Дарвозабон 2 та гол урган ўйинда Тожикистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди  1 19:29Энцо Зидан тез орада фаолиятини якунлайди  6 19:02"Манчестер Сити" Доннаруммани қўлга киритиш ҳақида ўйламоқда  0 18:30АПЛ янги мавсумда фойдаланиладиган расмий тўпни намойиш қилди  0 18:09Қувватовдан сўнг энди Цигер "Навбаҳор"га йўл олмоқда. "Нефтчи" пойгадан чиқяптими?  15 17:56Шаҳбоз Жўрабеков: "Бир жамоага ишониб "Қизилқум" билан хайрлашгандим. Клубсиз қолишим мумкин эди. "Бунёдкор"ни қутқариш учун келдик"  3 17:23Кантона Ямалга тан берди  4 16:59"Реал" янги мавсум учун меҳмон либосини тақдим этди  1 16:36Роналдо Эндрикнинг "Реал"даги истиқболига баҳо берди  5

SHomurodov oldidagi tanlov: u kelasi mavsum qaerda o'ynaydi? Yangiliklar

SHomurodov oldidagi tanlov: u kelasi mavsum qaerda o'ynaydi?

Afsuski, Eldor SHomurodov hozirda "Roma"ning etakchi hujumchisi va asosiy tarkib o'yinchisi bo'la olmaganini tan olish lozim.

Ayni damda hamyurtimizning hisobida A Seriya doirasida 23 uchrashuv, 2ta gol va 3ta golli uzatma mavjud. SHuningdek, Eldor Italiya Kubogi doirasidagi bahsda ham 1ta gol urgan. U atigi 4 marta boshlang'ich tarkibda maydonga tushdi. Ochig'i, gap uning formasida emas, shunchaki, yozda "CHelsi"dan kelgan Temmi Abraxam hujum chizig'idagi ajoyib o'yini bilan 15ta (!) gol urishga erishdi. Joze Mourino bir necha bor ikki hujumchini duet sifatida o'ynatib ko'rishga harakat qildi, biroq bu unchalik ham yaxshi samara bermadi. Qizig'i, bu taktikada Abraxamning o'yini chiqmadi. Ammo SHomurodov ikki hujumchi sxemasida aksincha o'zini qulayroq his qildi. Unga yordamchi hujumchi rolida o'ynash va sheriklariga vaziyatlar yaratib berish osonroqdek. "Jenoa"da ham shunday edi, "grifonlar" asosan 3-5-2 sxemasida o'ynashgan. Joze Mourino esa yagona forvardli modelni afzal ko'radi.



Tabiiyki, bunday vaziyatda SHomurodov tez orada "jalorossi"dan ketishi mumkin degan gap-so'zlar tarqadi. Etarlicha o'yin amaliyoti taqdim etilmayapti, ayniqsa oxirgi vaqtlarda. Eldor maydonga tushganida "Jenoa"dagi, shuningdek, Rimda yangi yilgacha bo'lgan o'yinlaridagi kabi xavfli emas. SHomurodov oxirgi marta yanvarda "Lechche"ga qarshi uchrashuvda gol urgan edi, o'shanda "Roma" 2:1 hisobida g'olib bo'lgan. SHunga qaramay, SHomurodovning o'zi Italiya poytaxtida qolish niyatida ekanini aytgandi, "Roma" ham xulosa chiqarishga shoshmayapti. Qolaversa, "bo'rilar" yozda hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi ekanini inobatga olsak, bunday variantdan voz kechish to'g'ri emas.

Xo'sh, agar A Seriya haqida gapiradigan bo'lsak, SHomurodov qaerga o'tishi mumkin? Hayolga birinchi bo'lib u o'zini juda qulay his qilgan Genuyaga qaytsin degan fikr kelishi mumkin. Biroq muammo shundaki, katta ehtimol bilan "grifonlar" elitadan tushib ketishadi, B Seriyada o'ynash O'zbekiston terma jamoasi hujumchisining rejalarida yo'qligi esa aniq.

"Sassuolo" ham yomon variant emas. Jamoa yorqin futbol namoyish etmoqda va u erda hujumchidan nafaqat gol urish, balki hujum guruhi azolari bilan o'zaro tushunib harakat qilish, bazida sheriklarini bosimdan qutqarishi talab etiladi. Hozirda shu ishni Skamakka bajarmoqda, ammo yozda u kuchliroq klubga yo'l olishi deyarli aniq. SHunday ekan, forvard roli bo'sh qoladi. "Neroverdi"ning hujum chizig'i qanday o'ynayotganiga qarab, 4ta futbolchi ketadi deyish mumkin. Roberto Dionizi esa hujumdagi o'yinni tiklashi kerak bo'ladi. SHomurodovning tajribasi yangilangan model uchun ayni muddao bo'ladi.



SHuningdek, "Torino"ga ham etibor qaratish lozim. Ivan Yurich jamoasi ko'p gol urmaydi, lekin bu erda Sanarabiya va Belottining tez-tez jarohat olishi ham muhim omil bo'lib xizmat qilmoqda. "Buqalar"ning hujumi stabil emas. SHu sababli, Turin klubi hujum chizig'ini kuchaytirish uchun variant izlaydi, ayniqsa, Belottining ketishi haqidagi mish-mishlar tobora ko'paymoqda. "Roma" va "Torino" o'rtasida o'ziga xos almashuv ham bo'lishi mumkin. Uning natijasida Andrea Rimga jo'nab ketadi, Eldor esa Turinga ko'chib o'tadi. SHunday vaziyatda SHomurodov ko'proq qarshi hujum qiladigan jamoada bo'lib, o'zining kuchli tomonlarini ko'rsata oladi.

SHomurodov uchun stilistik tomondan eng maqbul variant, nazarimizda, "Verona". "Mastiflar" o'tgan mavsumdagi muvaffaqiyatli o'yinlardagi "Jenoa"ga juda ham o'xshaydi. Jamoa ikki hujumchi va tajovuzkor qanot yarim himoyachilari bilan o'ynaydi. Bosh qaxramon rolida 16ta gol urgan Jovanni Simeone, ammo hujumdagi sheriklari Kaprari yoki Lasanyaning ko'magisiz Diego Simeone o'g'li bunday natijaga erisha olmasdi. Etiborli jihati, Igor Tudorning tarkibida SHomurodov yozda kuchliroq klubga ketishi mumkin bo'lgan Simeonening o'rnini bosa oladigan figuraga aylanishi ham mumkin yoki uning doimiy sherigiga aylanishi ham ehtimoldan holi emas. "Verona"ning uslubi Eldorning barcha kuchli tomonlarini yanada ochishi va kamchiliklarini yopib ketishi mumkin. Bu jarayonni kuzatish ancha qiziq bo'lardi.



Biroq, albatta, Rimdagi imkoniyatlarini ham unutmaslik lozim. "Jenoa"dagi statistikasiga nazar tashlasak, SHomurodov o'tgan mavsum 8ta gol urgan va ulardan 5tasi 24 aprel — 22 may oralig'ida qayd etilgan. Eldor mavsum oxirida faollashdi va etiborini bevosita darvozaga qaratdi. Kim biladi deysiz, balki hozir ham shunga o'xshash holat yuz berar?! "Roma" evrokubokdagi o'rin uchun mavsum yakunida jiddiy kurash olib boradi va so'nggi oylarga qaraganda, SHomurodovga ko'proq vaqt berilsa kerak. Har holda shunga umid qilamiz. Qolgani esa faqat Eldorning o'ziga bog'liq...


Championat.asia saytining Italiya futboli bo'yicha mutaxassisi Sergey Rumyancev tayyorladi
Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика