So’nggi yangiliklar

14:07"Манчестер Сити" етакчиларидан бирига янги шартнома таклиф қилади  0 13:38Неймар футбол тарихидаги энг яхши ярим ҳимоячи кимлигини айтди  0 13:09"Ньюкасл" бош мураббийи Исак билан боғлиқ ҳолатга изоҳ берди  0 12:41"Милан" Яшари трансферини ҳал қилди  0 12:13"Нефтчи" футболчисини четлатиш, "Сурхон" дарвозасига эса пенальти белгилаш керак эди – 16-турдаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  0 11:45ЦСКА Файзуллаев учун тўлиқ тўловни кутмоқда  1 11:14Россия ЖЧ иштирокчиси Иордания терма жамоасига қарши ўртоқлик учрашуви ўтказади  9 10:40Саудия жамоалари МЮ тарбияланчисига 80 миллион евро тўлашга тайёр  2 10:03"Интер" тўпурар ҳужумчи билан шартнома имзолашга яқин  0 09:30Луис Диаснинг "Бавария"га ўтганидан сўнг ойлиги 4 бараварга ошди  6 08:57"Манчестер Сити" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  1 08:35Европанинг машҳур клуби Неймар билан шартнома имзоламоқчи  3 08:03Аутсайдерлар баҳсида "Сантос" ғалаба қозонди. Неймардан дубль  1 07:34Суперлига. Бугун Тошкентда ажойиб учрашув бўлиб ўтади  16 00:46Кушанашвили Валерий Карпиннинг ўзини тутиши ҳақида: "Бу мачо ўйини, у доимо журналистларга қўполлик қилади, ўзини ҳаммадан зукко деб ҳисоблайди"  0

SHomurodov guruh bosqichidagi barcha o'yinlarda gol urgan yagona futbolchi Yangiliklar

SHomurodov guruh bosqichidagi barcha o'yinlarda gol urgan yagona futbolchi

Osiyo Kubogi doirasidagi Yaponiya - O'zbekiston uchrashuvida hisobni ochgan Eldor SHomurodov ketma-ket uchinchi uchrashuvni golsiz tark etmayapti.

SHu tariqa O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor SHomurodov guruh bosqichidagi barcha o'yinlarda o'z nomini tabloga yozdirib qo'ygan ilk va hozircha yagona futbolchiga aylandi.

Eslatib o'tamiz, Eldor SHomurodov Osiyo Kubogining birinchi turida zaxiradan maydonga tushib, vakillarimizga Ummon ustidan qozonilgan g'alabani taqdim etuvchi golga mualliflik qilgandi. Ikkinchi turda esa Turkmaniston bilan bo'lgan bahsda SHomurodov dublni rasmiylashtirgan. Bugun esa Yaponiya darvozasini ishg'ol etishni uddasidan chiqdi.

Ayni paytda davom etayotgan "F" guruhining uchinchi turidan o'rin olgan Yaponiya - O'zbekiston uchrashuvida birinchi bo'lim tugagan - 1:1.

Eldor SHomurodovning goliga Yaponiyadan Yoshinori Muto javob to'pini yo'lladi.

"Mashal" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblangan hujumchi ayni paytda 4 gol bilan Osiyo Kubogi to'purarlar poygasida ikkinchi o'rinda bormoqda. Peshqadam bo'lgan Qatar terma jamoasi futbolchisi Almoez Ali hisobida 5 gol mavjud.

FAKT: Eldor SHomurodov Osiyo Kubogidagi debyut ishtirokidayoq O'zbekiston terma jamoasining qita chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to'purarlari Odil Ahmedov va Maksim SHackixga etib oldi. Va bitta musobaqada 4ta gol urgan ilk o'zbekistonlikka futbolchiga aylandi. O'zbekiston terma jamoasining Osiyo kuboklari tarixidagi eng yaxshi to'purari Aleksandr Geynrix hisobida 6ta gol mavjud.

Reyting: +67   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика