So’nggi yangiliklar

02:05Илёс Қурбонов: "Ҳаёт-мамот ўйинида зафар қучдик. "Насаф"га қарши ҳам ғалаба учун майдонга чиқамиз"  1 01:45Иван Бошкович "Локомотив"га қарши ўйинда Йовович асосий таркибда тушмаганини айтди  2 01:29Григорий Колосовский: "Зарба бермасдан гол уриб бўлмайди"  0 00:24Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Леганес"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  41 23:59А Серия. "Наполи" — "Рома" ўйини тақдирини битта гол ҳал қилди  3 23:30АПЛ. МЮ Аморим қўл остидаги илк ўйинда "Ипсвич Таун"ни мағлуб эта олмади  21 22:55Машарипов "Пахтакор"га қарши ўйин олдидан: "Бу жамоада катта бўлганман, аммо..."  5 22:12"Лестер" Куперни истеъфога чиқарди  3 21:15АПЛ. "Саутгемптон" ва "Ливерпуль" ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди  38 21:13 Элит Чемпионлар лигаси. "Пахтакор" бош мураббийи Максим Шацких ва ўйинчиси Ҳожиакбар Алижонов "Истиқлол"га қарши ўйин олдидан нималар деди?  5 20:09Перес Винисиусга мурожаат қилди  7 19:45Кетма-кет иккинчи йил чемпион бўлган Бобир Абдихолиқов билан интервью   2 19:37Суперлига. "Сўғдиёна" – "Локомотив" 2:0. Highlights  0 19:36Суперлигани қайси клуб тарк этади? Кумуш медал кимга насиб қилади? 26-тур интригалари  8 19:18Суперлига. Қайси жамоалар қолади, қайсилари кетади?  6

"SHomurodov Angliyada o'ynay oladi" - SHota Arveladze Franciya saytiga katta intervyu berdi Yangiliklar

"SHomurodov Angliyada o'ynay oladi" - SHota Arveladze Franciya saytiga katta intervyu berdi

Franciyaning "LeeroSportnews" nashri "Paxtakor" bosh murabbiyi SHota Arveladzedan intervyu oldi.

SHota Arveladze - Evropa ligasining eng kuchli hujumchilaridan biri. Van Galning shogirdi bo'lgan SHota o'z vaqtida Alen Jiress bilan ham ishlagan. Bugungi kunda u O'zbekistonning eng kuchli jamoasi bo'lib turgan "Paxtakor"ni boshqarmoqda.

- Salom, SHota. Biz uchun vaqt ajratganingizdan xursandmiz. Ishlaringiz qanday ketyapti?
- Ayni damda Turkiyadaman. Biroq shu erdan ham klubdagi xodimlar bilan bog'lanib, futbolchilarni qo'llab-quvvatlab turibman.

Bizning maqsadimiz - "Paxtakor"ni gigant jamoaga aylantirish

- Ayni damda "Paxtakor" bosh murabbiyisiz. Bu biz uchun ajablanardi holat...
- Isroilni tark etganimdan keyin menga ko'plab takliflar bo'ldi, biroq "Paxtakor" taqdim qilgan loyiha menga rostdan ham yoqdi. G'oya shundayki, "Paxtakor" klub sifatida eng yuqori o'rinni egallashi kerak. Hozirda chet ellik futbolchilarni katta summaga olib kelish borasida o'ylamayapmiz, maqsadimiz - klubning yuzini ochib turadigan obektlar qurish va Evropa tajribasi orqali yo'limizni davom ettirish. Tabiiyki, G'arb futboli SHarqning qarama-qarshi tomoni bo'lib qoladi, chunki ikki tomonning madaniyati turlicha ko'rinishda. SHu boisdan Siz doimo o'zingiz uchun mutlaqo begona bo'lgan madaniyatga ega odamlar atrofida ishlashga tezda ko'nikishingiz kerak. Masalan men o'z atrofimga ko'plab xorij tillarida gaplasha oladigan va men bilan bir xil qarashga ega bo'lgan insonlarni chaqirdim (kuladi). Kechirasiz, francuzchada juda yomon gapiraman. Ammo o'rganyapman.

"Dinamo" Tbilisi yirik klub bo'lgan va shu boisdan Sobiq Ittifoq klublaridan ustunligini ko'rsatgan

- "Dinamo" Tbilisidan ketganingizda xayron qolganman. CHunki klubga bo'lgan bog'liqligingiz yuqori darajada.
- "Dinamo" Tbilisi tug'ilgan joyimdagi klub, yoddan chiqarmaslik kerak-ki, u erda katta orzular qilganman va erishganman. 1981 yili jamoa Kubok egalari Kubogini qo'lga kiritganidan keyin Sobiq Ittifoqning ko'plab kuchli futbolchilar ushbu joy tomon talpindi. O'sha vaqtlarda bu sovrinni qanday saviyadagi klublar qo'lga kiritganini yaxshi bilsangiz kerak. Hali ham Gruziya klublari bilan muloqotdaman, bir vaqtlar u erdagilar menga murabbiylik borasida taklif bilan chiqqan, ammo bunga rad javobini berganman. CHunki o'shanda tajribam unchalik yuqori emasdi. Ammo konkret gaplar bo'lmagan. Murabbiy darajasi etmagan loyihaga aralashmasligi kerak deb hisoblayman.

Alenning hurmatiga erishish uchun katta ishlar qilish shart emasdi

- Evropadagi faoliyatingiz haqida. Alen Jiress borasida qisqacha gapira olasizmi?
- Albatta. Alen shunday insonlardan biriki, uning hurmatiga ega bo'lish uchun katta ishlar qilish shart emas. Juda ham yaxshi shaxsiyatga ega inson va ajoyib raqobatchi. Alen haqida menda yoqimli hissiyotlar qolgan, u menga doimo o'z maslahatlarini berib turardi. Biz hali ham uning qoidalari bo'yicha yashaymiz. Uning shogirdi bo'lish biz uchun katta plyus bo'lgan.

Van Galning qoidalari asosiy jamoada maydonning tashqarisida ham tasir qilgan

- Faoliyatingiz davomida katta murabbiylar bilan ham ishlagansiz. Masalan, "Ayaks"da Lui Van Gal bosh murabbiyingiz bo'lgan.
- Ha, Lui - ushbu sport turining eng chuqurlashtirilgan insoni va o'z rahbarligidagi loyihaning jiddiy masuli. Agarda ushbu personaj yodimga kelsa, ilk navbatda uning qoidalari asosiy jamoada maydonning tashqarisida ham tasir qilishini eslayman. U klubni B jamoasi murabbiyi Van Der Lem kabi juda qattiq ushlardi. SHuningdek, Dik Advokat ham shunday insonlardan biri bo'lgandi. Biroq mening Lui bilan munosabatlarim yaqinroq edi, chunki u o'yinimni anchagina kuchaytira olgandi.

Kiki Musampa - ajoyib futbolchi va rassom bo'lgan

- "Ayaks" "Bordo"ning ayrim futbolchilarini transfer qilgandi. Kiki Musampa va Richard Vitchge haqida nimalar deya olasiz?
- Kiki borasidagi hangoma hali ham yodimda (kuladi). "Ayaks"da mashg'ulotni o'tkazdik va Kiki bilan birgalikda xonaga ketdik. U xonaga kirdi-da, ichkiyimda xonada yugurib, sumkasini ko'tardi va: "Men ketdim", - dedi. Men esa: "Qaerga? Mashg'ulotgami?". SHunda u: "Yo'q, yo'q. "Bordo"ga ketdim", - deb kulib yubordi. Kiki yaxshi rassom bo'lgan. SHuningdek, u eng yaxshi jamoadoshlardan biri edi. Uni yaxshi ko'rardim. Richard va akasi Bob elegant odamlar bo'lishgan, juda mexribon. Ular bilan birga poker o'ynash menga yoqqandi (kuladi).

- Yan Vauters sizni o'zi bilan Glazgoga olib ketgandi. Sizni yana bir ajoyib jamoa kutib turgandi.
- To'g'ri, "Glazgo" - futbol tarixidagi eng yaxshi klublardan biri. Yan "Ayaks"ning afsonalaridan biri sifatida bu erga o'tdi, ushbu klub uchun ko'p narsalarni berdik. O'shanda tarkibga Klaudio Kanidja va Kristian Nerlinger kabi ajoyib futbolchilar ham olib kelingandi. Aytishim mumkinki, tarkibda shavqatsiz futbolchilar ko'p bo'lgan va bu klubning Evropa miqyosida o'sishiga yordam berdi. Keyinchalik auditoriya ham kattalashdi.

"Reynjers"dagi natijalarimizni hisobga olsak, biz Evropaning eng yaxshilaridan biri edik

- UEFA Kubogidagi to'purarlikdan keyin siz mashhur bo'lib ketdingiz. Bu haqida nima deya olasiz?
- Yaxshi bilasizki, kichkinaligimda Evropada mashhur bo'lish yo'lida kinofilmlar suratga olganmiz. Keyinchalik esa ushbu turnirda g'olib chiqqanimizdan juda ham xursand bo'lganman, biroq bu sovrin saralashda hech qanday imtiyoz bermasdi. UEFA Kubogi hozirgi kabi katta etiborga ega bo'lmagan. Intertoto Kubogi va saralashdan qolib ketgan klublarni inobatga olmasak, siz har bir yuqori chempionatda ikkinchi, uchinchi, to'rtinchi o'rinlar uchun top-jamoalarni uchratishingiz mumkin, ammo bizda unday emasdi. Masalan, finalga etib kelgan faqatgina "Bordo"ni eslayman. Ushbu sport turida kecha kirib kelmadim va etibor bera boshlamadim. Futbolning uzoq yillik insonidan. Menga Zidanning to'pni ushlab turishi va "Milan"ga qarshi o'yinlari juda ham yoqdi, bunday mo'jizani boshqa ko'rmaymiz.

Archilning aytishiga ko'ra, Lizarazyudan Bundesliganing barcha futbolchilari qo'rqqan

- 1995-96 yilgi mavsumda Jirondindagi voqeani eslaysizmi?
- Albatta, hozirgi kunga kelib ham bu o'yinni butun dunyoda tomosha qilishmoqda. Agarda televizion shartnomalar o'sha paytda ham shunday bo'lganida men Evropa Kubogining o'sha finalini o'tkazib yubormagan bo'lardim. Ukam Archilning aytishiga ko'ra, Lizarazyudan Bundesliganing barcha futbolchilari qo'rqishgan. O'sha yillarda "Bordo"da mening do'stim Richard Vitchge bilan birgalikda yaxshi jamoa shakllanayotgandi.

SHunchaki nomiga tashkillashtirilgan musobaqa

- Rostdan ham "Bordo" ushbu sovrinni yutishga noloyiqmidi?
- Eski formatda biz ushbu turnirga nomiga o'tkazilayotgan musobaqa nomini berishimiz mumkin. Italiya va Germaniya klublari dunyo futboliga hukmron bo'lib turgan bir vaqtda biz turnirni yakunlab qo'yish uchun o'ynardik. Tarkibimizda faqatgina 2-3 nafar futbolchigina astoydil kurashardi. Undan tashqari, oldimizga boshqacharoq vazifalar qo'yilgandi: ushbu turnirda jarohatga yo'liqmaslik va chempionatda yuqori o'rinni qo'lga kiritish...

SHomurodov Niderlandiya va Angliya chempionatlarida o'ynay oladi, "Bordo" ham Evropa uchun kerakli klub

- Keling, murabbiylik nuqtai nazaringizga qaytamiz. "Bordo" ikki nafar hujumchiga etibor qaratmoqda: Eldor SHomurodov va Georgiy CHakvetadze. Ushbu futbolchilarni solishtira olasizmi?
- Eldorni juda yaxshi bilaman. U juda effektiv hujumchi, menimcha hozirda u Niderlandiya yoki Angliya chempionatlarida bemalol o'ynay oladi. Eldor bo'sh nuqtani tezda egallaydi va havodagi kurashda mag'lub bo'lmaydi. Karpin futbolchisini yanada rivojlantirib, O'zbekistonning eng kuchli hujumchisiga aylantirishiga vada berib qo'ygan. Nima uchun bu mumkin emas, Eldorda bu borada imkoniyatlari etarlicha. Georgiyni ham shaxsan taniyman, u yaxshi texnikaga ega, biroq u kam o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda. O'tgan mavsumda u katta klubda o'ynadi, biroq o'zini ko'rsata olmadi. Biroq "Bordo"ning qiziqishlariga sabab bo'layotgani meni ajablantirmadi, chunki u to'pni ushlab turish va maydonda joylashishni yuqori darajada amalga oshiradi. Qachonki futbolchi o'sishga harakat qilsa, yaxshiroq fikrlay boshlaydi. Ushbu jamoaga o'tish uning uchun yuqori darajaga erishish yo'lida katta qadam bo'ladi. "Bordo" esa Evropadagi eng kerakli klublardan biri.

- Kelajakdagi rejalaringiz haqida nima deya olasiz?
- Salomatligimiz yaxshi bo'lib tursa, sevgan ishimizni qilishda davom etaveramiz.

Rahmat, SHota!

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +45   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика