So’nggi yangiliklar

22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  3 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  7 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  10 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  5 19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  1 18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  5 18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0 18:05Мбаппе энди "Реал"да бошқа рақамда ўйнайди  3 17:47Файзуллаев нега кеча тиббий кўрикдан ўтмади? Инсон самолётда учганидан кейин дарҳол кўридан ўтса нима бўлади?  9 17:43"Динамо" ўртоқлик ўйинида Беларус клубини йирик ҳисобда таслим қилди  4 17:21Моуринью "Ман Сити"нинг қоидабузарликлари ҳақида: "Қонун бўйича 2017/18 мавсумда МЮ чемпион бўлиши керак эди"  3

SHohruz Norxonov: “Hozirdan sirlarni ochmoqchi emasman. Barchasini o'yinda ko'rasiz” Yangiliklar

SHohruz Norxonov: “Hozirdan sirlarni ochmoqchi emasman. Barchasini o'yinda ko'rasiz”

Coca Cola Cuperligasining so'nggi turi o'ziga xos murosasiz o'tishini taxmin qilishimiz mumkin.

Boisi, ertangi uchrashuvlar ko'p narsalarga oydinlik kiritib beradi. “Bunyodkor” va “Sug'diyona” uchrashuvi Osiyo CHempionlar ligasining navbatdagi ishtirokchisini aniqlab beradi. Bahsga bo'lgan qiziqish o'ta yuqori darajada. Ulug'bek Baqoev shogirdlarini faqat g'alaba qoniqtiradi. O'yindan oldin saytimizga intervyu bergan SHohruz Norxonov ortga yo'l yo'qligini alohida takidladi.

- SHohruz ayni damda jamoadagi futbolchilarning kayfiyati qanday? SHuning barobarida ertangi muhim o'yin oldidan fikrlaringizni bildirib o'tsangiz...

- Biz ertaga borimizni berib, uch ochko uchun harakat qilamiz. Durang ham ijobiy natija hisoblanmaydi. O'ylashimcha, muxlislarbop shiddatli o'yin bo'ladi.

- “Surxon” va “Nasaf”bilan o'yinlarda kerakli ochkolar yo'qotildi. Bu jamoaning ruhiy holatiga salbiy tasir qilmadimi?

- Hozir yaxshi holatdamiz. Barcha vaziyatni to'g'ri tushunib turibdi. Bitta o'yin qoldi, omad kimga kulsa uchinchi o'rin va OCHL yo'llanmasi o'shaniki bo'ladi.


- “Sug'diyona” Toshkentda “Bunyodkor” mehmoni bo'ladi. Ko'rganmiz, aksariyat klublar ularga qarshi himoyaviy o'yin taklif qiladi. Lekin, ayni payt vaziyat boshqacha. SHunday ekan ertaga qanday futbol namoyish etasizlar?

- Raqib hujumkor uslubga moslashgan. Murabbiyimizning ko'rsatmasiga binoan to'p tepamiz. Hozirdan sirlarni ochmoqchi emasman. Keling, barchasini ertaga o'yinda ko'ra qoling.

- Agarda, OCHL yo'llanmasini qo'lga kiritolmagan taqdirda ham, ushbu mavsum “Sug'diyona” uchun yuqori notada o'tdi desak bo'ladimi?

- Bu savolga uchrashuvdan so'ng javob olsangiz to'g'ri bo'lsa kerak.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика