Anchelotti Neymarning Braziliya terma jamoasi safiga qaytayotganini ma'lum qildi

20 iyun 2026, 09:53
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Neymar jahon chempionati guruh bosqichining so'nggi turidan o'rin olgan Shotlandiyaga qarshi uchrashuv uchun qaydnomaga kiritilishini tasdiqladi.

Gaiti ustidan qozonilgan g'alabadan (3:0) so'ng italiyalik mutaxassis hujumchining sog'lig'i borasida to'xtalib o'tdi.

"Ertaga Neymar individual tarzda shug'ullanadi, keyin esa yakshanba kuni umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytadi va shundan so'ng Shotlandiyaga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritiladi", - deya ma'lum qildi Anchelotti.

Neymar sog'lig'idagi muammolar tufayli joriy jahon chempionatida hali birorta ham o'yinda maydonga tushgani yo'q.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com