So’nggi yangiliklar

12:34Уругвайнинг асосий футболчилари Ўзбекистонга қарши баҳсни ўтказиб юбориши мумкин  1 11:45"Насаф" "Ал Ҳилол"га кичик ҳисобда мағлуб бўлган учрашувдан галерея  4 11:20Игорь Сергеев: "Илк дақиқалардан вақт чўзиш ҳолати кузатилди, муҳими ғалаба қозондик"   0 10:48"Арсенал" асосий футболчиси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0 10:22Клопп Осиё жамоасини бошқариши мумкин  1 09:55Хави МЮни бошқаришга рози  8 09:27Sofascore. Ҳамробеков жамоадошлари орасида энг яхши баҳолардан бирига лойиқ кўрилди  1 09:01Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  20 08:33"Пахтакор" "Сурхон"ни қийинчилик билан мағлуб этган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:07Суперлига. Бугун 23-тур якунланади  9 07:30Суперлига. "Пахтакор" – "Сурхон" 1:0   0 01:06Умар Эшмуродов: "Футболимизнинг камчиликлари билиниб қолди"  15 00:27Жавоҳир Сидиқов: "Ютса жамоа ютади, ютқазса ҳам жамоа ютқазади"  10 00:18Элит ОЧЛ. "Насаф" - "Ал Ҳилол" 2:3  5 00:00ОФК ЭЧЛ. Ҳамробеков жамоаси дуранг ўйнади  0

SHohruz Norxonov: "Bugun kuchli xohish evaziga "Paxtakor"dan uch ochko oldik" Yangiliklar

SHohruz Norxonov: "Bugun kuchli xohish evaziga "Paxtakor"dan uch ochko oldik"

Bundan bir necha soatlar oldin Coca Cola Superliga 4-turidan o'rin olgan "Sug'diyona" va "Paxtakor" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv o'z nihoyasiga etdi.

Keskin ruhda kechgan bahsda "Sug'diyona" 1:0 hisobida "sherlar"ni mag'lubiyatga uchratdi va joriy mavsumdagi ilk g'alabasini nishonladi. Bellashuvdan so'ng esa o'yin qahramoni SHohruz Norxonovning fikrlarini bildirib o'tdi.

"G'alaba bilan jamoadoshlarimni va jizzaxlik muxlislarni tabriklayman. Bugun qo'lga kiritgan g'alabamiz bizga keyingi turlarda qo'shimcha kuch va ishonch beradi. Menimcha, bugun jamoamizda g'alabaga bo'lgan xohish va ishtiyoq yuqori edi, muvaffaqiyatdagi bosh omil ham shu. Buni maydonda o'z o'yinimiz bilan isbotladik deb o'ylayman. Barcha jamoadoshlarimni yordami va zaxiradagi futbolchilarning ishonchi ham uch ochkoni qo'lga kiritishimizda muhim ahamiyat kasb etdi. Dastlabki uchta turda salbiy natijalar qayd etib ishqibozlarimizni ranjitib qo'ygandik. SHuning uchun bugun har qanaqasiga g'alaba qozonishimiz zarur hisoblanardi. 

Oldingi chiziqqa o'tganimdan so'ng o'zimni erkin his qildim. Golli vaziyatlar ko'p bo'ldi. Havo harorati issiqligi bois birinchi bo'limda qiynaldik. Ikkinchi bo'limda gol urganimizdan so'ng bosim yo'qoldi. "Paxtakor" amaldagi mamlakat chempioni va kubok sohibi. Ularga etarlicha qarshilik ko'rsatdik va imkoniyat qoldirmadik",- deydi SHohruz Norxonov.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика