So’nggi yangiliklar

10:39“Реал“ етакчиси билан шартномани узайтириш бўйича келишувга эришди  0 10:08“Ал Ҳилол“ “Милан“ футболчиси билан келишувга эришди  1 09:37Алонсо “Реал“даги дебютидан сўнг нималар деди?  12 09:05ЦСКАда мураббийлар алмашинуви. Энди Файзуллаевнинг ЦСКАдаги фаолияти қандай кечади?  3 08:35Пеп Гвардиола: “Бундай шароит ҳеч кимга тўғри келмайди“  2 08:03Шомуродов Туркиянинг қайси жамоаси билан музокара олиб боргани маълум  16 07:59Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Ювентус" "Ал Айн"га ҳеч қандай имконият қолдирмади  2 07:33Суперлига. Бугун 13-турга старт берилади  1 07:04Об-ҳаво сабабли 30 дақиқа учрашувда тўхталиш бўлган “Пачука“ — “Ред Булл Зальцбург“ учрашуви якунланди  0 04:24Илёс Зейтуллаев: "Бу кетишда италияликлар бизга эмас, ўзбек футболчилари Европага боришади"  4 04:22Баҳром Ҳайдаров: "Мураббий сифатида уларни айблай олмайман"  2 02:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ал Ҳилол" билан дуранг ўйнади. Вальверде 90+2 дақиқада пенальтини голга айлантира олмади  117 00:55Михаил Мудрик допингда айбланмоқда. У тўрт йилга четлатилиши мумкин  3 00:20Эндрю Робертсон Испания клубига ўтишга рози бўлди  2 23:45Неъматилло Қуттибоев: "Захирадан тушган футболчилар биз ўйлагандек ўйинни кучайтира олишмади"  0

SHohruh Xolmatov: Mochinovning taklifiga binoan So'g'diyonaga o'tdim Yangiliklar

SHohruh Xolmatov: Mochinovning taklifiga binoan So'g'diyonaga o'tdim

O'tgan mavsum Samarqandning Dinamo jamoasi sharafini himoya qilgan SHoxruh Xolmatov joriy yil jamoasini o'zgartirishga qaror qildi.

25 yoshli futbolchi jizzaxliklar tomonidan tushgan taklifni qabul qilgan ko'rinadi. Xo'sh, SHoxruh bo'lajak chempionatni «So'g'diyona»da o'tkazadimi? SHu va boshqa savollarga javob olish maqsadida Xolmatov bilan suhbatlashdik.

- «Dinamo» bilan o'rtadagi rasmiy kelishuvim nihoyasiga etgach, muhitni o'zgartirishga qaror qildim - deya boshladi SHoxruh Xolmatov.

- Garchi hozircha rasmiy tarzda shartnoma imzolanmagan bo'lsada, bu yilgi chempionatda «So'g'diyona» sharafini himoya qilishim aniq bo'ldi deya olaman.

- Jizzaxliklar safiga meni bosh murabbiy Aleksandr Mochinovning o'zi tavsiya qildi. Ushbu murabbiy bilan ilk bor ishlamoqdaman. Haqiqiy professional ekanligini aytishim mumkin. Mashg'ulotlari ham qiziqarli. Asosan texnik-taktik jihatlarga etibor qaratadi.

- To'g'risi, oldimda yana «Qo'qon-1912» jamoasiga qaytish imkoni bo'lgandi. Lekin menga ko'proq Jizzaxda o'ynash maqul keldi.

- Yangi jamoaga moslashib ketish jarayoni uzoq vaqtni o'z ichiga olmadi. Bu erda avvaldan yaxshi tanigan yigitlar o'ynamoqda. Xususan do'stim Umid Qodirovning ham jamoaga kirishib ketishimda hissasi katta bo'lmoqda. SHuningdek boshqa futbolchilar ham bir-birimizni yaxshi tushunib ketdik.

- «So'g'diyona»da yangi ish boshlagan murabbiylar shtabi tabiiyki tarkibni o'zlari istaganchalik kuchaytirish maqsadida, ko'plab yangi futbolchilarni taklif etgan. Yangi jalb etilgan o'yinchilar bir-birlari bilan to'liq tushunib ketishi uchun malum bir vaqt kerak bo'ladi. Lekin hozir ham jarayon chakki emas.

- O'tgan oy Malayziyada bo'lib qaytdim. Agentim premer liga (1-liga) klubidan taklif bo'layotganini aytgach, u erga borishga qaror qildim. Bir nechta uchrashuvlarda xarakat qildim. Xatto golli paslarni ham oshirdim. Faqat kontrakt qilish kerak edi xolos. Qolgan ishlarni agent hal qilishi lozim edi. Ammo u klub bilan ayrim masalalarda kelisha olmadi. Bu orada o'zimizdagi super liga klublaridan chorlov bo'ldi. Ochig'ini aytganda, Malayziyadagi futbol saviyasi biznikiga nisbatan past hisoblanadi. Faqat u erda nisbatan ko'proq pul topish mumkin.



- «So'g'diyona»dagi raqobat? Bu erda ham hech kimga boshlang'ich tarkibda o'ynash kafolatlanmagan. Himoya chizig'ida o'ziga yarasha tajribali futbolchilar yig'ilgan. Bir necha yildan buyon super ligada o'ynab kelishmoqda. Jizzaxda ham asosiy tarkibda o'ynash uchun bor kuchimni ishga solaman. Eng asosiysi murabbiyning ishonchidir.

- Afsuski «Dinamo»dek jamoani bu yil xatto pro-ligada ishtirok etishi so'roq ostida turibdi ekan. O'tgan mavsum chinakamiga kurashchan jamoa sifatida shakllantirilgandi. Kamtarona sharoitlar evaziga ishtirokimiz ham chakki bo'lmagandi. Sobiq jamoamning bu ahvolga tushib qolganidan faqat achinyapman. Uchta oylik maoshimiz qolib ketkan. Yaqinda klub vakillari bilan o'zaro suhbatlashganimda, bu borada xarakat qilishayotganini, hisob raqamiga pul tushishi bilan, futbolchilar hisob-kitob qilinishini aytishdi. SHunga yana biroz vaqt kutib turaylik-chi. Hammasi yaxshi bo'lar?! Lekin «Dinamo»ga kelgusida omad tilayman.

- CHempionatni safarda «Paxtakor»ga qarshi o'yin bilan boshlaymiz. Yaqinda bu jamoa bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushib, yirik hisobda mag'lub bo'lgandik. O'sha paytda «sherlar» OCHL pley-off uchrashuviga tayyorgarlik ko'rayotgandi. «So'g'diyona»da esa aksincha vaziyat bo'lib, tarkib shakllantirilmagan, yangi futbolchilar ko'rikdan o'tkazilayotgandi. Menimcha rasmiy bahs umuman boshqacha suratda o'tadi. Raqibga etarlicha qarshilik ko'rsatishga xarakat qilamiz.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика