So’nggi yangiliklar

18:06Деку ва Флик ҳозирда Рэшфорд трансферини кўриб чиқмаяпти. "Барса" Диасга эътибор қаратмоқда  0 17:30"Сен буни ўқийсан". Жотанинг энг яқин дўсти ҳалок бўлган футболчига мактуб ёзди  2 16:40"Интер" ва "Галатасарой" Чалханоглу трансфери бўйича музокараларни бошлади  0 16:10Ўзини тополмаган ўнлик: Биринчи давранинг омадсиз трансферлари   10 15:51Расман: Кайл Уокер янги клубга ўтди  0 15:16Дюмфрис Англия топ клубига ўтиши мумкин  0 14:41Жота ва гуллар  8 13:46"Арсенал" баскетболчи учун 80 миллион евро тайёрламоқда   2 13:08Нико Уильямснинг товон пули миқдори маълум бўлди  10 12:27"Ливерпуль" Жотанинг оиласига футболчи билан шартнома бўйича тўлиқ суммани тўлаб беради  10 12:00Лунин қарор қилди  2 11:28МЮ ва "Арсенал" товон пули 85 млн евро бўлган "Интер" футболчисига қизиқмоқда  1 11:02Жасур Абдураимов Биринчи лига жамоаси бош мураббийига айланди  4 10:20"Истанбул Башакшехир" Шомуродовнинг трансфери учун қанча сарфлаши маълум  10 09:48"Насаф" қизиқаётган Ратиньонинг товон пули маълум  12

SHohruh Mahmudxojiev: "Navbahor" stadionida to'p tepishning zavqi boshqacha" Yangiliklar

SHohruh Mahmudxojiev: "Navbahor" stadionida to'p tepishning zavqi boshqacha"

"Navbahor" jamoasi bugun JAR stadionida Toshkentning "Rubin" jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi va yirik 6:0 hisobida g'alaba qozondi.

Mazkur o'yindan so'ng jamoaga yangi kelib qo'shilgan SHohruh Mahmudxojiev championat.asia saytiga fikrlarini bildirib o'tdi. 

"Qishki yig'inni dastlab "Paxtakor" jamoasida boshladim. So'ng erkin agent sifatida "Navbahor"ga ko'chib o'tdim. Hozirda ikki mahaldan mashg'ulotlar olib bormoqdamiz. Yig'in reja bo'yicha ketyapti, o'rtoqlik uchrashuvlari orqali yanada optimal sport formasiga kirib borishga harakat qilamiz. 

Haqiqatdan ham bu jamoa menga begona emas, o'tgan mavsum qisqa muddat to'p tepdim. Ichki muhitdan xabardorman. Klublga viloyat hokimi tomonidan etibor yuksak darajada. Namanganda qanday muxlislar borligini, faqat g'alaba istashligini barcha biladi. 2020 yil pandemiya sabab stadionga ishqibozlar kiritilmadi. Joriy yilda nasib qilsa minglab muxlislarimiz qarshisida har bir bahsda g'alab qozonish uchun maydonga tushamiz. Bilsangiz, "Navbahor" stadionida to'p tepishning zavqi boshqacha. Jamoamiz muxlislariga bizning qaerda o'ynashimizni farqi yo'q. Qarshidami yoki Jizzaxda doim biz bilan birga. Yangi mavsumda yaxshi o'yinlarimiz bilan ularni xursand qilamiz degan umiddaman",- deydi Mahmudxojiev.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика