So’nggi yangiliklar

01:51Расман: Оле-Гуннар Сульшер истеъфога чиқарилди  1 01:30Отабек Боймуродов: "Ҳар бир рақиб учун алоҳида тайёрланамиз"  1 01:08Конференциялар лигаси саралаши. "Фиорентина"дан суперкамбэк!  0 00:49Ўзбекистон U23 термаси Осиё Кубоги саралаши учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:26"Истанбул Башакшеҳир" миссияни уддалай олмади  51 00:13"Манчестер Юнайтед"нинг асосий футболчиси "Челси"га ўтмоқда!  4 23:56Аёллар ўртасидаги ОЧЛ саралаши. "Севинч" "Ал Насср"ни бурчакдан урилган гол эвазига мағлуб қилди  1 23:33Диёр Холматов: "Европага кетишим шу йиғиндан кейин ҳал бўлади"  7 23:17"Кристал Пэлас" ўз тарихида илк марта еврокубокларда ўйнайди  0 22:50Маҳмуд Маҳамаджонов: "Янги жамоага кўникиш осон бўлди. Энди бор эътибор термага қаратилади"  0 22:19ЕЧЛ. "Реал" Қозоғистонга келади, "Қайрат" Милан ва Лондонга боради: қуръанинг барча натижалари билан танишинг  28 21:54Одил Ҳамробеков: "Ҳозирги мураббийимиз Тимур Кападзе. Унинг қўл остида CAFA турнирига тайёргарлик кўряпмиз"  2 21:17Ўзбекистон термаси йиғинни бошлади ГАЛЕРЕЯ  4 20:45Пол Паркер: "Онана дарвозабон эмас"  3 20:12"Динамо" ҳақ бўлиб чиқди: "Ҳакам қарори нотўғри!"  22

Mahmud Mahamadjonov: "Yangi jamoaga ko'nikish oson bo'ldi. Endi bor etibor termaga qaratiladi" Yangiliklar

Mahmud Mahamadjonov: "Yangi jamoaga ko'nikish oson bo'ldi. Endi bor etibor termaga qaratiladi"

O'zbekiston U23 termasi bilan Osiyo Kubogi saralashi uchun tayyorgarlikni olib borayotgan Mahmud Mahamadjonov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Yangi jamoaga kirishib ketish oson bo'ldi. Hammasi yaxshi, u erdagi barcha yigitlar menga tanish edi. Klubdagi ishlarning barchasi joyida. Bu erga keldik, endi bor etibor bu termaga qaratiladi.

- Klubdan termaga o'tgandan keyin charchoq kuzatilmaydimi? Chunki bu baribir vatan jamoasi.

- Baribir o'yinlardan keyin charchoq bo'lishi mumkin. Bu tabiiy holat. O'yingacha barchasi joyiga keladi.

- Osiyo Kubogi saralashida Qirg'iziston, Shri-Lanka va Falastinga qarshi o'yinlar bo'ladi. Bu raqiblar haqida fikrlar qanday?

- Qirg'iziston bilan o'ynaganmiz, ularni bilamiz. Shri-Lanka va Falastinni bilish qiyin. Lekin ushbu raqiblarga qarshi o'yin uchun ham yaxshi tayyorgarlik ko'ramiz. Ularning o'yinlari videolari ham yo'q, tayyorlanish ham qiyinroq bo'ladi. Biroq bo'shashmasdan, bor diqqatni jamlab, g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

- Saralash o'yinlarining Qirg'izistonda bo'lishi qanchalik yaxshi? Bizga qo'shni davlat. Agarda o'yinlar Shri-Lanka yoki Falastinda bo'lganida bizga qiyin bo'lardi.

- Men ham yaxshi bo'ldi deb o'ylayman. Uzoq va qiyin safarlar bo'lmaydi. Albatta, o'sha davlatlarga borish qiyinroq bo'lardi. Uzoqqa uchish ko'p charchoqni keltirib chiqaradi. Qirg'izistonda o'yinlarning bo'lishi biz uchun ham yaxshi holat.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика