SHevchenko O'zbekiston terma jamoasini boshqarishi mumkin edi
30 avg 2021 21:02
Yangiliklar
SHevchenko O'zbekiston terma jamoasini boshqarishi mumkin edi
O'zbekiston futbol associaciyasi Andrey SHevchenkoga terma jamoa bosh murabbiyi lavozimini taklif qilmoqchi bo'lgan.
Malum bo'lishicha, O'zbekiston SHevchenko variantini ko'rib chiqqan, biroq keyinchalik sloveniyalik mutaxassis Srechko Katanec bilan kelishuvga erishgan. Avvalroq ukrainalik murabbiyning o'zi boshqa jamoani boshqarishga qarshi emasligini aytgandi.
Eslatib o'tamiz, SHevchenko 2016 yildan 2021 yilgacha Ukraina terma jamoasini boshqargan. Uning qo'l ostida jamoa Evropa chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok eta oldi. Andrey avgust oyida shartnomasi yakunlangach, ushbu lavozimni tark etdi. Uning o'rnini esa Aleksandr Petrakov egalladi.
Fikrlar