Shevchenko O'zbekiston terma jamoasini boshqarishi mumkin edi

Aslanov Jasurbek
30 avg 2021, 21:02
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi Andrey Shevchenkoga terma jamoa bosh murabbiyi lavozimini taklif qilmoqchi bo'lgan.

Ma'lum bo'lishicha, O'zbekiston Shevchenko variantini ko'rib chiqqan, biroq keyinchalik sloveniyalik mutaxassis Srechko Katanets bilan kelishuvga erishgan. Avvalroq ukrainalik murabbiyning o'zi boshqa jamoani boshqarishga qarshi emasligini aytgandi.

Eslatib o'tamiz, Shevchenko 2016 yildan 2021 yilgacha Ukraina terma jamoasini boshqargan. Uning qo'l ostida jamoa Yevropa chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok eta oldi. Andrey avgust oyida shartnomasi yakunlangach, ushbu lavozimni tark etdi. Uning o'rnini esa Aleksandr Petrakov egalladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Profootball Digital