So’nggi yangiliklar

12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  7 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  13 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5

SHerzod Sattorov: “G'ijduvon”ning maqsadi birinchi ligada qolish” Yangiliklar

SHerzod Sattorov: “G'ijduvon”ning maqsadi birinchi ligada qolish”

Kecha birinchi ligada ikkinchi bosqichning ikkinchi davra o'yinlari bo'lib o'tdi. Xususan Andijonda “UzDongJu” Buxoroning “G'ijduvon” jamoasini qabul qildi.

Uchrashuvda garchi mezbonlar g'alaba qozongan bo'lsada, (4:2)shu kuni g'ijduvonliklar maydon egalariga jiddiy qarshilik ko'rsata oldi.
Andijonga atiga 12 nafar futbolchi va birgina bosh murabbiy bilan kelgan “G'ijduvon” jamoasida ham birinchi liganing ko'plab klublari singari moliyaviy muammolar borligi shundan ham bilinib turibdi. Yo'q, jamoa safar o'yiniga ham shifokor, mamur va kamida 18 nafar futbolchi bilan tashrif buyurgan bo'larmidi? Xullas uchrashuvdan so'ng “G'ijduvon” bosh murabbiyi SHerzod Sattorov bilan suhbatlashdik. Darvoqe, 29 yoshli Sattorov mahalliy murabbiy sanaladi.

- O'yinni o'zingiz ham stadionda bevosita kuzatib bordingiz. Yigitlar yomon xarakat qilmadi. Bugun durang bilan qaytishimiz ham mumkin edi. Ammo futbollchilarim biroz toliqib qoldi. Natijada bu mezbonlarga qo'l keldi. Umuman olganda, maydonda teng kurash kechdi deb o'ylayman. SHogirdlarimga jiddiy etiroz yo'q – deya gap boshladi SHerzod Sattorov.

- “UzDonJu” bilan o'tkazgan birinchi o'yin va bugungisini solishtirganda, jamoamizda o'sish kuzatildi deb o'ylayman. Bizda asosan mahalliy futbolchilar. Maqsadimiz shular bilan kurashchan jamoa shakllantirish. Bu yil esa asosiy etiborni ligada qolishga qaratamiz. Bilamiz bu oson jarayon emas. Ammo oxirigacha kurashamiz.

- Yashirmayman jamoada moddiy jihatdan muammolar bor. Yaqinda klub rahbariyatida o'zgarish yuz berdi. Bungacha jamoa boshlig'i sifatida ishlab kelgan Mamur Otaqulov istefoga chiqdi. Endilikda Farhod Ustiev faoliyat yuritmoqda. Yangi tayinlangan rahbar imkon qadar bizga kerakli sharoitlarni yaratib berishga intilmoqda.

- Ha, bugun zaxiradan birgina futbolchini tushirdim. Bizda futbolchilar bor. Lekin bugungi bahsga 12 nafar o'yinchi bilan kelishni maqul topdik. CHunki keyingi tur o'z maydonimizda “Yozyovon-Lochinlari”ga qarshi jiddiy o'yin kutib turibdi. Unda yutmasak bo'lmaydi – deydi “G'ijduvon” jamoasi ustozi.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика