So’nggi yangiliklar

05:42Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" - "Зальцбург" таркиблар маълум  0 01:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Ювентус"ни "янчиб ташлади"  29 01:24"Арсенал" Родригога альтернатив топиб қўйди  0 00:35Суперлига. "Андижон"дан сафарда камбэк!  1 00:27"Ливерпуль" футболчиси учун уч топ-клуб курашади  3 23:43Тер Штеген Франция сари йўл олиши мумкин  1 23:21Ҳаким Фузайлов: "Бешта гол урадиган ўйинимизда учта гол ўтказдик"  4 22:59Максим Шацких: "Бундай голлар ўтказмаслик керак"  8 22:29Кристиан Эриксен: "Манчестер Юнайтед"га келиб, юраги ҳаста бўлган оддий одам эмас, ҳақиқий футболчи эканлигимни исботладим"  1 21:59Суперлига. Жиззахдаги драмада "Андижон" "Хоразм" устидан иродали ғалабага эришди  59 21:24Криштиану Роналду шартнома узайтирилгани ҳақида: "Менинг амбицияларим тугамайди"  25 20:59U21 биринчилиги. Пешқадамлар баҳсида дуранг, "Сўғдиёна", "Андижон", "Машъал"дан камбэк ва бошқа натижалар  1 20:17"Окленд" 1 млн долларни футболчилар ҳамда ходимлар ўртасида тақсимламоқчи  1 19:53"Ливерпуль" собиқ футболчиси Лаллана фаолиятини тугатиб, мураббийликка ўтди  4 19:30Шомуродов тавсияси билан Сурхондарё вилояти футбол академиясига спорт директори тайинланди  11

SHerzod Rayimjonov: "Murod Bobojonov "Lokomotiv"ga 6 oyga ijaraga berildi" Yangiliklar

SHerzod Rayimjonov: "Murod Bobojonov "Lokomotiv"ga 6 oyga ijaraga berildi"

Farg'onaning "Neftchi" klubi texnik direktori SHerzod Rayimjonov bugungi transfer va jamoadagi yangiliklar haqida intervyu berdi.

"O'zbekiston chempioni "Lokomotiv" klubi Murod Bobojonov borasida rasmiy taklif bilan chiqdi. Jamoa to'purari Temurxo'ja Abduxoliqov Qatar klubiga o'tib ketgach, "temiryo'lchilar" o'z safiga o'zbekistonlik hujumchini qo'shib olishga qaror qilishdi. SHu bois "Neftchi" klubi Bobojonovni 6 oy muddatga ijaraga berdi. Agar futbolchi o'zini ko'rsata olsa kelishuv yana uzaytirilishi mumkin.

Xabaringiz bor, "Lokomotiv" klubi Osiyo chempionlar ligasida O'zbekiston sharafini himoya qiladi. Aynan shu sababli biz hujumchimizni ijaraga berishga rozi bo'ldik. Futbolchi "Lokomotiv" safida o'zini ko'rsatsa O'zbekiston terma jamoasiga ham chaqiruv olishi mumkin.

Murod Bobojonov huquqiy jihatdan "Neftchi" klubiga tegishli va 2 yillik shartnomasi mavjud. Bu transfer orqali "Neftchi" safidagi yosh futbolchilarda ham qo'shimcha stimul paydo bo'ldi. Yani Bobojonov misolida ular kelajakda xalqaro musobaqalarda ishtirok etishga ishonchlari ortdi.

"Neftchi" futbol klub siyosatiga ko'ra tarkibga bir qator farg'onalik yosh futbolchilar jalb qilinmoqda. 1998-2000 yillarda tug'ilgan mahoratli va qobiliyatli o'yinchilar ko'rikdan o'tkazilmoqda.

Bobojonov ijaraga berilgach "Neftchi" klubi tezkorlik bilan yangi hujumchi qidirish ishlarini boshlab yubordi. Bugun Farg'ona futboli tarbiyalanuvchisi hisoblangan Mo'ydin Mamazulumov "Neftchi" safiga qo'shib olinganini rasman malum qilamiz.

Bundan tashqari "Neftchi" bosh murabbiyi Andrey Fyodorov ayni paytda Moskvada bo'lib turibdi. Murabbiy u erda legionerlar bilan muzokara o'tkazadi. Agar barchasi yaxshi o'tsa yaqin orada "Neftchi" safida mahoratli legionerlar paydo bo'lish ehtimoli mavjud", - deydi Rayimjonov championat.asia saytiga bergan intervyusida.

Narzulla Saydullaev yozib oldi


Saytimizning Facebook dagi sahifasi - facebook.com/championat.asia

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика