SHerzod Nasrullaev: "Maydon holati chiroyli o'ynashga imkon bermadi"
16 sen 2020 12:14
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/592548_original.jpg)
![](/upload/storage/592548_220.jpg)
SHerzod Nasrullaev: "Maydon holati chiroyli o'ynashga imkon bermadi"
Uchrashuvdan so'ng o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan SHerzod Nasrullaev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'yin biroz qiyin o'tdi. "Andijon" bizga yaxshi qarshilik ko'rsatdi. Lekin, bunday maydonda pas o'ynashga qiynaldik. Natijani ushlab qolish uchun oxirigacha harakat qildik. Ha, chiroyli o'ynadik demagan bo'lardim chunki, maydon yaxshi o'yin ko'rsatishga imkon bermadi. Goldan keyin ozgina bo'shashdik. "Andijon" turnir jadvalining so'nggi pog'onasida ketayotganiga qaramasdan ularni yo'qotadigan narsasiy yo'q edi. SHuning hisobiga qo'rqmasdan o'ynashdi, oldinga o'tib ko'pchilik bo'lib hujum uyushtirishdi. G'alaba qozonganimizdan xursandman. Intilishda va mehnat qilishda davom etamiz",- deydi Nasrullaev.
Abdulaziz Iskandarov yozib oldi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar