SHerzod Jalilov: "Obod" oldiga vazifa qo'yilgan"
14 jan 2017 17:36
Yangiliklar
SHerzod Jalilov: "Obod" oldiga vazifa qo'yilgan"
Bugun Toshkentning ikki jamoasi “Obod” hamda “Paxtakor” klublari o'zaro nazorat uchrashuvini o'tkazishdi.
“Bugun qishki yig'indagi ilk nazorat uchrashuvimizni “Paxtakor” klubiga qarshi o'tkazdik. Juda ham qiyin o'yin bo'ldi. Kuniga ikki mahal mashg'ulot olib boryapmiz. To'plar bilan kam ishlayapmiz, chunki mavsumgacha jismoniy holatimizni yaxshilab olishimiz kerak.
O'tgan mavsumning ikkinchi davrasida Bekobodning “Metallurg” jamoasida ijara asosida to'p tepdim. Hozir ham qiziqishlar bor, lekin jiddiy takliflar yo'q. Aniq taklif bo'lganida bemalol qaysi klubdanligini aytardim. Hozir bor etiborimizni “Obod” jamoasiga qaratyapmiz. Yangi mavsumda oldimizga vazifa qilib, kuchimiz boricha yuqori o'rinni egallash qo'yilgan”, - deydi “Obod” klubi futbolchisi SHerzod Jalilov.
Jahongir Sotvoldiev
Fikrlar