So’nggi yangiliklar

09:58Ўртоқлик учрашуви. МЮ АҚШда йирик ҳисобда ғалаба қозонди  0 09:27Нима? "Ал Насср" Россия чемпионатида тўп сураётган футболчига 70 миллион евро бермоқчи  2 08:58Пролига. "Олимпик" 7 нафар футболчи билан шартнома имзолади  1 08:30Аббосбек Файзуллаев янги жамоасида машғулотларни бошлаб юборди  9 08:25Лига Кубоги. "Интер Майами" ғалаба қозонди, Месси ўз ҳисобига иккита голли узатма ёздириб қўйди  2 08:01"Андижон" трансфернинг сўнггида яна икки нафар футболчи билан шартнома тузди  2 07:34"Навбаҳор" икки нафар "Олимпик"нинг собиқ футболчилари билан шартнома имзолади  1 03:15Равшан Эрматов билан дуч келган мундиалда майдонга тушиш учун пул тўлаган, "Атлетико Мадрид" либосини кийган ҳамда Арманистонда рекордлар қайд этган "Насаф"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз   2 00:40"Барселона" бош мураббийи Флик: "Рэшфордни кўп йиллардан бери кузатиб келаяпман"  2 00:16Куртуа фаолиятини якунлагандан сўнг пойгаларда қатнашиш истагини билдирди  1 00:07Ўзбекистонда трансфер ойнаси расман ёпилди  7 23:46"Ал Насср" ўртоқлик ўйинида "Тулуза"ни мағлубиятга учратди. Феликсдан дебют, Роналдудан гол  3 23:27"Ман Юнайтед" "Ман Сити"га керак бўлмай қолган дарвозабонга қизиқмоқда  3 22:59Гёкереш: "АПЛ – дунёдаги энг яхши лига. Бу ерда ўйнашни доим орзу қилганман"  1 22:35Месси МЛСда ой ўйинчиси деб топилди  45

SHerzod Fayziev: “So'g'diyona” bilan yana bir yillik shartnoma tuzdim” Yangiliklar

SHerzod Fayziev: “So'g'diyona” bilan yana bir yillik shartnoma tuzdim”

O'tgan mavsumni AGMKda boshlab, davralar oralig'ida “So'g'diyona”ga ko'chib o'tgan SHerzod Fayziev yaqinda jizzaxliklar bilan yangi bitim imzoladi.

Markaziy himoyachi shundan so'ng saytimizga intervyu berdi.

- O'tgan mavsumni ikkita jamoada o'tkazdingiz. Taassurotlaringiz qanday?

- Haqiqatdan ham avvaliga AGMK da bo'ldim. Ammo u erda o'zim istaganchalik ko'p o'ynamadim. SHuning uchun yozgi transfer chog'ida jamoamni o'zgartirishni istadim. “So'g'diyona”dan taklif bo'ldi. Mavsumning ikkinchi qismi men uchun ko'ngildagidek kechdi.

- AGMKda negadir kam o'yin amaliyotiga ega bo'ldingiz. Bu jamoani tanlab afsuslanmadingizmi?
- Endi bundan afsuslanishdan foyda yo'q. Ha, AGMKda deyarli futbol o'ynamadim desa ham bo'ladi. U erda menga shunchaki ishonch bildirishmadi. Xatto Osiyo CHempionlar Ligasining pley-off bosqichida Saudiya Arabistonining “Al Nassr” klubiga yirik 4:0 hisobida yutqazib qo'yilganidan keyin ham va Superkubok doirasidan o'rin olgan “Lokomotiv”ga qarshi o'yinlarda qaydnomaga ham kiritilmadim. Zaxirada imkoniyat berishini kutdim. Tarkibdagi boshqa himoyachilardan kuchsiz emasligimni isbotlashga xarakat qildim. Qaysidir manoda berilgan imkoniyatdan unumli foydalanib, boshqalardan kuchli ekanligimni isbotlab qo'ydim. Ammo bu vaqtda birinchi davra nihoyasiga etib bo'lgandi.



- “So'g'diyona”ga o'tish bu sizning istagingizmi yoki har ikki jamoa shunga kelishdimi?
- Davralar oralig'ida Ulug'bek Istamovich qo'ng'iroq qilib, jamoasida ko'rishni istayotganini bildirdi. “So'g'diyona”ning taklifi men uchun har tomonlama maqul keldi. Keyin AGMK bosh ustozi Mirjalol Qosimov bilan gaplashganimdan so'ng, ketishga qaror qildim. U kishi ikkinchi davrada ko'proq legionerlarga ishonch bildirishini aytdi. SHundan so'ng o'ylanib o'tirmasdan, jizzaxliklar chorlovini qabul qildim. Bildirilgan ishonch uchun Ulug'bek Baqoevga minnatdorchilik bildiraman.

- Mirjalol Qosimov va Ulug'bek Baqoev. Qay biri bilan ishlash qiziqarli kechdi Siz uchun?
- Har ikki murabbiyning ham ishlash uslubi bor. Ularning o'ziga yarasha futbolga qarashi bir-biriga o'xshamaydi. Taktik uslublari turlicha. O'zimga ko'proq ikkinchi davrada Baqoev bilan ishlash yoqdi.



- “So'g'diyona” ikkinchi davrada tezlikni sezilarli darajada oshirdi. Bu ko'proq nima bilan bog'liq?
- Nazarimda ahillik evaziga yutuqlarimiz ko'p bo'ldi. Bosh murabbiy hammani bir maqsad yo'lida jisplashtira oldi. Mahalliy muxlislar yuqori saviyada bizni qo'llab-quvvatlab turdi. SHuningdek rahbariyat tomonidan ham etibor kuchli bo'ldi. G'alabalarimiz zamirida ushbu omillar yotibdi deb bemalol aytishim mumkin.

- Hozirda erkin agentga aylandingiz. Kelgusi rejalaringiz qanday?
-  Mavsum yakuniga etgach, oldimda 2-3ta takliflar turgandi. Lekin yana Jizzaxda qolib, “So'g'diyona”da o'ynashni maqul topdim. SHu bois jamoam bilan yana bir yillik kelishuvga erishdim.


Fayzulla suhbatlashdi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика