SHervud Aleksisning katta xatosini aytdi
21 okt 2018 16:10
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/459083_original.jpg)
![](/upload/storage/459083_220.jpg)
SHervud Aleksisning katta xatosini aytdi
Angliyalik sobiq futbolchi Tim SHervud "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Aleksis Sanches haqida fikr bildirdi.
"U noto'g'ri qaror qabul qildi deb o'ylayman. Unda "Manchester Siti"ga o'tish imkoniyati bor edi, agarda u shunga rozi bo'lganida hozir superyulduz bo'lardi. Tushunarsiz qarori tufayli "Manchester Yunayted"ga o'tdi va uning barcha ishi ortga qarab ketdi. Balki, barcha ish pulga bog'liqdir. Bilmadim.
Albatta, bu uning qarori. U bunday qarorga kelmasidan oldin bunday qo'rqinchli ishlar kutayotganini bilmagan. "Nyukasl"ga qarshi o'yin unga ishonch taqdim qiladi. Ammo hozirgi Aleksis oldingisi kabi emas.
U oynaga qarab, o'zini ko'rishi, ruhan "Arsenal"dagi davriga qaytishi, o'z o'yinlarini esga olishi kerak. SHu orqali u yana o'z darajasiga qayta oladi", - dedi SHervud.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar