Shervud: "Ronalduning kelishi Brunuga ta’sir o'tkazdi"

Mirjalol Normatov
26 sen 2021
"Tottenxem"ning sobiq yarim himoyachisi Tim Shervud "Aston Villa"ga qarshi o'yinda penaltidan gol ura olmagan Brunu Fernandesh haqida gapirdi.

"U biror marta nuqtadan tepaga qarab tepmagandi. Odatda u darvozabonning sakrash tomonini inobatga olib, gol urardi.

Menimcha, gap bosimda. Uning yonida Krishtianu o'ynamoqda, bu unga bosim o'tkazgan. Unda bir imkoniyat bor edi, birgina imkoniyat. Va u bundan foydalana olmadi", - dedi Shervud.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal