So’nggi yangiliklar

02:00АПЛ. "Манчестер Сити" "Борнмут"ни мағлубиятга учратиб, ЕЧЛ йўлланмасини деярли ҳал қилди. Ҳусанов қайдномага киритилмади  31 00:35Эмилиано Мартинес икки топ-клуб қизиқишлари доирасида  2 00:13"Атлетико" президенти 3-ўрин ҳақида: "Бу фалокат!"  10 23:45"Барселона" асосий трансфер мақсадини белгилаб олди  10 23:19Анге Постекоглу: "МЮ футболчиларининг бундай катта ўйинга қандай тайёрланишини билмаймиз"  1 22:55Родригога Англиядан харидор чиқди  2 22:31ОФК клублар рейтинги янгиланди. Ўзбекистон ўз ўрнида қолди  12 22:06"Барселона" ҳимоя етакчиларидан бири билан шартномани узайтирмоқчи  2 21:40"Милан"нинг ЕЧЛга чиқа олмагани клубга бир неча ўн миллион еврога тушади  5 21:14"Рома"ни бошқариш учун яна бир номзод пайдо бўлди  6 20:48Португалия термаси Миллатлар Лигаси ярим финали учун қайдномасини эълон қилди  5 20:24Мавсумнинг энг яхши дарвозабонлари рейтинги тузилди. АПЛ ва Лига 1 вакиллари етакчилик етакчилик қилмоқда  0 20:02Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Хоразм ФА"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, "Цементчи"га техник мағлубият ёзилди  4 19:06Лига 1 2024/25 йилги мавсуми рамзий жамоаси эълон қилинди  2 18:41Тошкентда ютган мураббий ва футболчи, мавсумдаги илк ғалабага эришган посбон, "Жар"да супергол урган футболчи — Суперлигада 10-турнинг энг яхшилари  2

"SHerdor" ikkinchi bosqichga tayyor Yangiliklar

"SHerdor" ikkinchi bosqichga tayyor

Samarqandning Birinchi ligadagi vakili "SHerdor" ikkinchi bosqich uchrashuvlariga tayyor.
Birinchi bosqichni to'rtinchi pog'onada yakunlagan "ko'xna shaxar" jamoasi keyingi mavsum uchun ham jamoani jiddiy tarzda kuchaytirdi. 

Davralar oralig'idagi tanaffusdan 15 iyulda qaytgan jamoa uch bosqichli tayyorgaplikni olib bordi. Birinchi bosqich asosan yangi futbolchilarni ko'rikdan o'tkazish va jismoniy holatga qaratildi. 18 iyulda "Dinamo"ga qarshi maydonga tushib 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchradi.

Tarkib quyidagicha bo'ldi:
"SHerdor": SHuhrat Murodov, Ozod Tursunov, Laziz Abdullaev, Elyor Elmurodov, Saddam Boymamatov, Nurbek Safarov, Iskandar Xolmirzaev, Turg'un Qobilov, Suyun Safaraliev, Sanatillo Ziyoev, Ubaydulla Nabiev

Ikkinchi bo'limda maydonga tushganlar: SHohruh Salohiddinov (Jamshid Rahmonov 70), Islom Safarov, Sayhan Naimov, Qahramon Bahodirov, Umid Hotamov, Mirjalol Lakaev, SHerzod Kamolov, Amirjon Aminjonov, Yokub Mayza, Lovrens Katto

Tayyorgarlikning keyingi bosiqchida jamoa asosan Samarqand viloyati futbol federaciyasi tashabbusi bilan bo'lib o'tgan "Mustaqillik kubogi" da ishtiroki bilan olib borildi. "SHerdor" ushbu turnirda 6 kun davomida uchrashuvlar o'tkazib jamoani aynan mana shu turnirda shakllantipib oldi.

So'nggi bosqich texnik tayyorgarlikka qaratilib unda jamoa mashg'ulotlarda ishladi.

Jamoa tarkibiga nazar tashlasak jamoani Azam Abdurafiqov, Fayoz Hamidov "Dinamo" ga o'tgan bo'lsa, Jamshid Rahmonov, Fayoz Baratov, Muntazeri Husainovlar jamoaning ikkinchi ligasida ishtirok etadi.

Jamoaga SHuhrat Murodov, SHerzod Kamolov, Islom Saparov ("Yangier"), Bobur Nasimov, Yunus Suyunov, Jamol Noraliev, SHahzod Ashurov ("Dinamo"), Isrofil Mamatqulov, Jo'raqul Murodov ("SHerdor 2") lar jamoaga kelib qo'shildi. 

Tibbiy ko'rikdan o'tgan jamoadan Yunus Suyunov va Mamatqulov Isrofillar ijobiy o'ta olmadi va davolanib so'ngra qaytadan o'tadi.

"SHerdor" 11 avgust kuni Namanganga jo'nab ketadi va 12 avgustda birinchi uchrashuvini "CHust-Paxtakor" ga qarshi o'tkazadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика