So’nggi yangiliklar

10:00Акаки Шулаянинг «Локомотив»даги маоши маълум  2 09:35Роналду фаолиятини кутилмаган жамоада давом эттириши мумкин  6 09:08Дидье Дешам Франция термасини тарк этади. Унинг ўрнига ким келиши ҳам маълум  9 08:41«Насаф» яна бир етакчиси билан шартномани узайтирди  0 08:12Расман. Жаба Жигаури Ўзбекистоннинг бошқа жамоасига ўтди  2 07:45 Винисиус нечта ўйинга четлатилгани маълум  18 05:05Саудия Арабистони қирол кубоги. «Ал Иттиҳод» — «Ал Ҳилол» ўртасидаги марказий учрашув ғолиби пенальтилар серияси орқали аниқланди  10 02:59Лига кубоги. "Арсенал" илк ўйинда имкониятни бой берди  16 02:30"Челси" "Манчестер Юнайтед" футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  3 01:50Араухонинг янги клуби номи деярли маълум  1 01:30"Ал Аҳли" Винисиус билан декабрда музокаралар олиб борди, клуб уни ёзда харид қилмоқчи  2 01:10Алаба бир йил ичида илк бор "Реал"нинг ўйин учун қайдномасига киритилди  1 00:41Дунёнинг энг бой инсони "Ливерпул"ни сотиб оладими?  6 00:23"Шўртан" Марлен Чобанов билан шартнома имзолади  4 23:56Абдуқодир Ҳусанов ПСЖга ўтмаслиги аниқ бўлди. Бунга сабаб нима?  31

SHerali Jo'raev: “Maqsadimizning bir qismini bajardik” Yangiliklar

SHerali Jo'raev: “Maqsadimizning bir qismini bajardik”

O'tgan mavsumlarga qaraganda, joriy yilda “Qizilqum” jamoasining o'yinlarida o'zgarish yuzaga kelganligi kuzatilmoqda.
Konchilar asosan mahalliy futbolchilarga etibor qaratayotganliklariga qaramay, mavsumning birinchi davrasini yomon o'tkazmadi.

13-turda Yuriy Lukin shogirdlari Navoiyda “So'g'diyona”ni qabul qildi hamda 1:0 hisobida zafar quchishga muvaffaq bo'ldi. Ushbu g'alabadan so'ng “Qizilqum”ning ochkolari soni 17 taga etdi hamda ular birinchi davrani 7-o'rinda tugatishlari aniq bo'ldi. “So'g'diyona”ga qarshi kechgan bellashuvdan keyin jamoa etakchi futbolchisi SHerali Jo'raev bilan bog'lanib, bir qator savollarga javob oldik.

- SHerali, “So'g'diyona” ustidan qozonilgan g'alaba nimani evaziga qo'lga kiritildi?


- Birinchi navbatda jamoaviy o'yinni yaxshi yo'lga qo'yganligimiz, g'alaba yo'lida ko'rsatgan ishtiyoqimizning samarasi bilan qo'lga kiritildi. O'tgan turda “Metallurg” maydonidan bir ochko bilan qaytganimizdan so'ng, yigitlarning kayfiyatlari yomon emasdi. CHunki bekobodda ochko olish, nafaqat kuchli jamoalarga, o'rtamiyonalar uchun ham mushkul hisoblanardi. Safardan ochko bilan uyga kelganimiz, bizni yanada ruhlantirdi. “So'g'diyona” o'yinlarini tahlil qilib chiqqanimizdan keyin, raqib bizga qiyinchilik tug'dirishi sezgandik. SHuning uchun ham tayyorgarlik maromida bo'ldi. Jamoaviy kelishgan holda maydonda to'p surdik. Bu esa g'alaba qozonishimizga sabab bo'ldi deyish mumkin.

- Uchrashuvdan avval jizzaxliklarning sizlarga qiyinchilik tug'dirishini taxmin qilganmidingiz?

- Albatta, shunday bo'lishini taxmin qilgandim. Yaxshi bilasizki, “So'g'diyona” ayni paytda turnir jadvalining so'nggi pog'onalarining birida turibdi. Ularga ham ochko suv va havodek zarur. Birinchi davrani kim ham g'alaba bilan tugatib, tatilga chiqib ketishni istamaydi deysiz. SHu bois Davron Fayziev shogirdlari g'alaba uchun kelganliklari yaqqol bilindi. Yaxshi, jamoa ekanligini ko'rinib turibdi. Negadir, quyida turganligiga hayron bo'ldim. Aslida jamoaning ko'rsatayotgan o'yini yomon emasdi.

- 1:0 hisobiga o'yinga mos bo'ldimi?

- Menimcha yo'q. CHunki biz bundan ham ko'proq to'p kiritishga qodir edik. Faqat, omad kelmadi. Misol uchun menda ham gol kiritish uchun uchta qulay vaziyat bo'lgandi. Ularning birortasidan foydalana olmadik. Qolaversa, hujumchilarimizda ham shunday imkoniyatlar yuzaga keldi. Yakuniy zarbani berishda oqsadik.

- Bu hisob qaltis hisoblanardi. SHu boisdan o'yinning so'nggi daqiqalariga qadar g'alabaga shubha bilan qaragan bo'lsangizlar kerak?


- Nega? G'alaba qozonishimizga ishonch bor edi. Agar “So'g'diyona”ni enga olmasak, ularga qarshi o'ynamay qo'ygan bo'lardik. To'g'ri, hisob tahlikali bo'lganligi tufayli, bellashuv so'nggiga qadar biroz sarosimaga tushgan holda o'ynadik. Futbolda hamma narsa bo'lib ketishi mumkinligini, mazkur hisob birdan o'zgarib qolishini his qilib turardik. SHu boisdan bellashuv poyoniga qadar tashabbusni boy bermasdan, oldinga tashlandik.

- Birinchi davradagi eng yaxshi o'yinlarimizdan birini o'tkazdik deya olasizmi?

- SHunday deyishimiz mumkin. CHunki uchrashuvni kuzatgani kelgan ishqibozlarimiz ham ko'rsatgan harakatlarimizdan mamnun ekanliklarini sezdik. Lekin, yuzaga kelgan vaziyatlardan gol kirita olmaganimizdan, ular ranjiganliklari ham bilindi. SHunga qaramay, birinchi davradagi o'tkazgan eng yaxshi o'yinlarimizdan birini o'tkazdik.

- Birinchn davradan so'ng 7-o'rinda turibsizlar. Bundan qoniqish hosil qildingizlarmi?


- Aslida 20 ochko bilan tatilga chiqishni maqsad qilgandik. Lekin, avvalgi tur bellashuvlarida g'alabani qo'ldan chiqarib yuborganimiz natijasida bunga erisha olmadik. SHunday bo'lsa-da, hozirgi holatimizdan ham xursandmiz. Mavsum boshida qo'yilgan vazifani yarmini bajarishga muvaffaq bo'ldik. Endi ikkinchi davraga qadar tayyorgarligimizni yanada kuchaytirishimiz hamda mavsumni oltinchi o'rinda tugatishimiz lozim. Aynan shu vazifa klubga qo'yligan. Bir qator mag'lubiyatlarimizni inobatga olmasak, birinchi davra “Qizilqum” uchun yaxshi kechdi.

- Safardagi uchrashuvlarda esa har doim ham ochkoni qo'lga kirita olmadingizlar. Mehmondagi bahslarda jamoaga ishonch etishmadimi?


- To'g'ri, ishonch etishmadi. Qolaversa, kuzatgan bo'lsangiz, birinchi davraning safardagi uchrashuvlarida “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Lokomotiv”, “Olmaliq” klublariga qarshi qiyin uchrashuvlarda to'p surdik. Mana shu to'qnashuvlarda omad ham etishmadi. So'nggi daqiqalarga borganda kutilmaganda o'z darvozamizdan gol qo'yib yuborgan paytlarimiz ham bo'ldi. Umuman, safarda o'zimiz kutgan darajada o'yin ko'rsata olmadik. Bunda futbolchilarning ayblari borligini yashirmayman. Ikkinchi davrada shu kamchilikimizni berkitishga urinsak, yomon bo'lmasdi.

- Birinchi davrada ko'rsatgan o'yiningizdan ko'nglingiz to'ldimi?


- O'zimga baho bersam bo'lmaydi. Yaxshisi, bu savolni jamoa bosh murabbiyiga bersangiz maqsadga muvofiq bo'lardi. Men qo'limdan kelgancha harakat qildim. Qolaversa, o'z ustimda yanada ko'proq ishlashim, xatolarimni takrorlamaslik ustida bosh qotirishimga to'g'ri kelmoqda.

- Mavsum boshida Vladimir SHishelovni gol kiritmayotganligi borasida ko'plab tanqidlar bo'layotgandi. Volodya so'nggi ikki turda esa gol kiritishni uddasidan chiqdi. Ishtaxasi endi ochilgan paytda esa birinchi davra tugab qoldi...


- SHishelov tajribasi nihoyatda katta bo'lgan futbolchi hisoblanadi. To'g'ri, mavsum boshida Volodya gol kirita olmadi. Lekin, jamoadoshlarimizga gol kiritish uchun vaziyatlar yaratib berib turdi. Unga nisbatan bo'lgan tanqidlar borasida bir nima deya olmayman. Mana, formasiga kirib olgan ko'rinadi, vaziyatlarni gol bilan tugatmoqda. “So'g'diyona” bilan uchrashuvda ham birgina imkoniyatni chiroyli golga aylantirdi. O'ylaymanki, uning gollari soni ikkinchi davrada yanada oshadi. Bu bilan cheklanib qolishiga ishonmayman.

- Oldingi mavsum bilan solishtirganda jamoada qanday o'zgarishlar kuzatildi?


- Bor, o'zgarishlar. O'tgan mavsum jamoada o'ynamagan bo'lsam-da, klubning o'yinlarini kuzatib borgandim. Negadir, klubda pasayish yuzaga kelgandi. Joriy mavsumda esa klubga bo'lgan etibor, tarkibdagi o'zgarishlar natijasida hammasi yuqori darajaga chiqdi. Bir necha yillardan beri “Qizilqum”ni moliyaviy muammolar qiynab kelardi. Nihoyat, joriy yilda ushbu muammo hal etildi. Bu ham futbolchilarning ishtiyoqlarini yanada oshirdi. O'tgan yillarda klub elitada jon saqlash uchun harakat qilgan bo'lsa, endilikda yuqori o'rinlar uchun kurashmoqchimiz. SHundan ham bilish mumkinki, “Qizilqum”da katta ko'lamdagi o'zgarishlar amalga oshirilmoqda.

- Davralar oralig'i paytida jamoada o'zgarishlar bo'lishi mumkinmi?


- Bir qator chizig'larni kuchaytirilishiga etibor qilinsa kerak. Buni ko'proq murabbiylar shtabi yaxshi bilishadi. SHu boisdan kimlar keladi, kimlar ketadi, faqat ular javob beradi. Ikkinchi davrada tarkibimizga yanada tajribali o'yinchilar kelib qo'shilishiga ishonaman.

“Asr futboli”  gazetasi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика