SHerali Jo'raev: “O'yinim qovushmaganidan xijolatdaman”
30 iyu 2016 14:01
Yangiliklar
SHerali Jo'raev: “O'yinim qovushmaganidan xijolatdaman”
O'yindan so'ng, navoiyliklar yarim himoyachisi SHerali Jo'raev o'z fikrlarini bildirdi.
- “Lokomotiv” ancha shakllangan va kuchli jamoa, - dedi SHerali Jo'raev. - Ularga qarshi ijobiy natija uchun maydonga chiqqandik. Ammo uchrashuvda tezkor gol o'tkazib yuborganimiz o'yinimizga salbiy tasir qildi. Afsuski, bu bahsda o'yinim qovushmaganidan xijolatdaman. Jamoamga yordam qilishga urindim. Biroq o'yinim o'xshamadi. Qolaversa, mavsumning ikkinchi qismi endi boshlanmoqda. Birinchi rasmiy uchrashuv doimo shunday og'ir o'tadi. Menimcha, bundan umidsizlikka tushmaslik kerak. Tarkibimizga yangi qo'shilgan futbolchilar bilan maydonda tezroq til topishsak, albatta keyingi o'yinlarda o'z muxlislarimizni quvontiramiz.
“Qizilqum” PFK Matbuot xizmati.
Fikrlar