"SHeffild"ga qarshi o'yin oldidan "CHelsi" yo'qotishlarni malum qildi
15 dek 2023 19:14
Yangiliklar
"SHeffild"ga qarshi o'yin oldidan "CHelsi" yo'qotishlarni malum qildi
"CHelsi" matbuot xizmati "SHeffild"ga qarshi o'yin oldidan tarkibdagi o'zgarishlar haqida malumot berdi.
Qayd etish kerak, Mark Kukurelya, Ris Jeyms va Robert Sanches jarohati sababli dam olish kunlaridagi uchrashuvni o'tkazib yuboradigan bo'ldi. Kukurelyaning to'pig'ida jarohat aniqlangan. Jeyms esa ushbu hafta yakuniga qadar yana bir marta tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi va tiklanish dasturiga ko'ra shug'ullanishni boshlaydi.
Ayni damda Trevo CHaloba, Ben CHiluell, Uesli Fofana, Noni Madueke kabi futbolchilar tiklanish jarayonini davom ettirmoqda. Romeo Laviya "CHelsi"ning individiual mashg'ulotlariga qaytgan bo'lsa, Kristofer Nkunku va Malo Gyusto to'laqonli tarzda mashg'ulotlarni davom ettirmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar