“SHeffild Yunayted” rahbari: “Agar APLda qolishni uddalasak, Gollivud biz haqimizda kino oladi”
04 fev 2021 21:25
Yangiliklar


“SHeffild Yunayted” rahbari: “Agar APLda qolishni uddalasak, Gollivud biz haqimizda kino oladi”
“SHeffild Yunayted” xo'jayini shahzoda Abdulla, jamoasi ushbu mavsum Premer-Ligada qolishni uddalasa, Gollivud ular haqida film suratga olishga tayyorligini aytdi.
Kris Uaylder shogirdlari chempionat 22 turidan keyin 11 ochko to'lagan holda autsayder bo'lib turibdi.
“Ha, agar qolishni uddalasak, ular biz haqimizda kino olishadi, deb o'ylayman, ammo keling, oldinga o'tib ketmaylik. O'yindan o'yinga harakat qilish lozim.
Bu hali ham juda qiyin, ammo “Vest Bromvich” va MYUga qarshi o'yinlardan keyin ishonchni saqlab qolmoqdamiz. Bizda 16 uchrashuv bor, jon saqlab qoluvchi o'rindan 10 ochko uzoqdamiz va mo'jiza yuz berishi uchun duo qilishimiz kerak. Biroq, biz baribir buni uddalay olamiz deb o'ylayman”, deya qayd etgan shahzoda Abdulla.
Instagram'dagi maxsus @angliyafutboli sahifamizga obuna bo'ling!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar