"SHeffild Yunayted" "CHelsi" himoyachisini o'z safiga qo'shib oldi
08 sen 2020 12:18
Yangiliklar
"SHeffild Yunayted" "CHelsi" himoyachisini o'z safiga qo'shib oldi
"CHelsi" himoyachisi Itan Ampadu faoliyatini "SHeffild Yunayted"da davom ettiradi.
Klub 19 yoshli futbolchini mavsum so'nggiga qadar ijaraga oldi. Bitimda futbolchining ijara muddati yakunlanganidan so'ng xarid qilish borasidagi band yo'q.
"Ampadu - yaxshi o'yinchi. Biz bu yosh futbolchi bilan shartnoma imzolashni juda xohlagan edik. Frenk Lempard va "CHelsi" xo'jayinlariga ushbu bitimga ruxsat berishgani uchun minnatdorchilik bildiraman.
Biz yaxshi munosabatlarni rivojlantirdik. Ular Itanning bizning jamoada o'zini qulay his qilishini bilishadi", - deydi "SHeffild" ustozi Kris Uaylder.
Futbolchi yakunlangan mavsumni "RB Leypcig" tarkibida o'tkazdi va Bundesliga doirasidagi 3ta o'yinda maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar