"SHaxtyor" Fonsekaga ramziy futbolkani topshirdi
22 iyu 2019 14:37
Yangiliklar


"SHaxtyor" Fonsekaga ramziy futbolkani topshirdi
SHu yozda "SHaxtyor"dan ketib "Roma" bosh murabbiyiga aylangan portugaliyalik mutaxassis Paulu Fonseka Ukrainaga uchib keldi.
Murabbiy klubdagi barcha ishchilar bilan xayrlashish maqsadida Ukrainaga keldi.
Xayrlashuv uchrashuvida "konchilar" bosh direktori Sergey Palkin murabbiyga 139-raqamli ramziy futbolkani topshirdi. Bu raqam murabbiyning "SHaxtyor"ni nechta o'yinda boshlab tushganiga ishoradir.
Klub Fonseka qo'l ostida "SHaxtyor" 3 marta Ukraina chempioni, 3 marta Kubok va 1 marta Superkubok sohibiga aylandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar