So’nggi yangiliklar

23:59"Арсенал" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  7 23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  2 22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  21 22:28ПСЖ — "Марсель". Франция Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  10 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  2 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  7 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  7

Shavkat Yusupov: "Peshqadamdan ochko olish biz uchun g'alabadek bo'ldi" Yangiliklar

Shavkat Yusupov: "Peshqadamdan ochko olish biz uchun g'alabadek bo'ldi"

Pro-liganing 17-turida "Lokomotiv" - "FarDU" bahsidan keyin "FarDU" bosh murabbiyi Shavkat Yusupov matbuot anjumanida qatnashdi.

- Mehmonda peshqadam "Lokomotiv"dek kabi jamoadan ochko olish katta yutuq. Bugun yutishimiz ham yutqazishimiz ham mumkin edi. Jangovar durang bo'ldi. O'yin yakunigacha ikkala jamoada ham yaxshi vaziyatlar bo'lgandi.

- Bugungi o'yinda jamoangiz g'alaba uchun o'ynagandek ko'rindi. O'yindan oldin jamoaga qanday gaplar aytgandingiz?

- Uyda yoki safarda o'ynashimizdan qatiy nazar yigitlarga mashg'ulotlarda faqatgina g'alaba uchun o'ynashini tayinlayapmiz. Kiyim almashtirish xonasida ham shu uchun borlarini berishlarini talab qilyapmiz. Bugungi o'yinda ham futbolchilar borlarini berishdi. Ikkinchi goldan keyin gol urib, xarakter ko'rsatishdi. Yigitlardan ko'nglimiz to'q, ular har bir to'p uchun kurashishdi. Ularga katta rahmat deymiz.

- So'nggi turlardagi sermahsullikning sababi nimada? Jamoa "Olimpik Mobiuz"ni mag'lub etdi, "Lokomotiv"dan ochko oldi.

- Bir qancha o'zgarishlar qildik. Shu o'zgarishlardan keyin ham ishlar o'xshamayotgandek tuyuldi. Vaziyatlar bo'layotgandi, biroq gol ura olmayotgandik. Bu borada ko'p ishladik. So'nggi to'rt o'yinning barchasida gol uryapmiz. Gollardan keyin yigitlarda ishonch ham oshyapti. Har bir o'yinga tayyorlanayotganimizda ulardagi ishtiyoqni ko'ryapmiz. Ular xohlashmoqda va mana shunday natijalar bo'lmoqda.

- Bugungi durang Sizni qoniqtirdimi?

- Oldinroq aytganimdek bugun yutishimiz ham yutqazishimiz ham mumkin edi. Durang yomon natija emas. Peshqadamdan ochko olish biz uchun g'alabadek bo'ldi. Lekin g'alaba qozonganimizda yaxshi bo'lardi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика