So’nggi yangiliklar

02:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ "Атлетико"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, мадридликлар ўйинни бир киши кам бўлиб тугатишди  12 01:10Февзи Давлетов: "Ўйинга тузган режамиз иш берди, аммо бироз реализация етишмади"  1 01:01Виталий Левченко: "Ғалаба қозониш учун гол уриш керак"  8 00:55Ҳаким Фузайлов: "Шундай юқори талаблар орқали ўзбек футболи тартибланиб боради"  1 00:10"Барселона" Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  2 23:37Вадим Абрамов: "Бу ташкилотнинг ички иши, ушбу ишларни сизлар муҳокама қилиш ва ёзишларингиз керак"  1 23:27Сергей Лушчан: "Биринчи бўлимда деярли юз фоизлик вазият бўлди, аммо..."  3 23:17Рўзиқул Бердиев: "Бундай ўйинларда кўп вазиятлар яратилмайди"  9 22:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария" "Окленд Сити"ни "кўмиб қўйди". Германия чемпионлари Янги Зеландия жамоасига жавобсиз 10 та гол урди  29 22:33Жака итальян грандига ўтадими?  0 21:59Суперлига. "Насаф" Чераннинг пенальтидан урган голи эвазига "Навбаҳор"ни мағлуб этди  175 21:55Суперлига. "Динамо" "Хоразм" билан камбэк амалга ошириб, мағлубиятсиз сериясини давом эттирди  26 21:53Суперлига. Термиздаги баҳсда "Нефтчи" "Сурхон"ни мағлуб эта олмади  31 21:47"Наполи" "Ал Насср" юлдузига қизиқмоқда  0 21:12"Рома" Шомуродовни сотишга тайёр, унга даъвогар ҳам бор  40

SHavkat Saidov: "Metallurg" mavsumni munosib o'tkazdi" Yangiliklar

SHavkat Saidov: "Metallurg" mavsumni munosib o'tkazdi"

“Metallurg” – “Neftchi” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyin mezbonlar jamoasi boshlig'i SHavkat Saidovning fikrlarini so'radik.
SHavkat Saidov, “Metallurg” FK jamoa boshlig'i: CHempionatning oxirgi turini o'z muxlislarimiz qarshisida o'tkazayotganligimiz bois faqat g'alaba ishtiyoqida maydonga tushdik va maqsadimizga erishdik. Bugun o'yinchilarimizning barchasi o'z zimmalariga yuklangan vazifani mukammal bajarishdi. Albatta, hisob bundan-da yirikroq ko'rinish olishi ham mumkin edi. Agar futbolchilarimiz yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanishganida, penaltilarni aniq amalga oshira olganimizda. Bevosita mavsum haqida ham fikrimni qisqacha bayon etib ketadigan bo'lsam, chempionatni munosib o'tkazdik, deya olaman. Bazi uchrashuvlarda kuchni to'g'ri taqsimlay olmaganimiz, bemavrud ochko yo'qotish sabab ettinchi o'ringa tushib qoldik. Lekin bu ham yomon natija emas.

Mavsum davomidagi matbuot anjumanilarida takidlab keldik, klub oldiga bu yil oltinchi-o'ninchi o'rinlar oralig'idan joy egallash vazifasi qo'yilgandi. Bu vazifani bajardik. Eng muhimi chiroyli, hujumkor o'yin namoyish etib, muxlislarimizni xursand etdik. CHempionat to'purarlari ro'yxatida ikkinchi pog'onadan joy egallagan Zohid Abdullaev klub rekordini yangiladi. O'zbekiston milliy terma jamoasiga chaqirildi. Iqtidorli yoshlarimiz Islomjon Qobilov, Javohir Esonqulovlar esa 19 yoshgacha bo'lgan terma jamoamiz tarkibida qita chempionatida qatnashdi. Xullas, bu yilgi mavsumdagi ishtirokdan ko'ngil to'ldi. Endi, yana ikki kundan keyin Toshkentda to'planamiz. Qishki tatil oldidan o'yinchilarga ajoyib mavsum uchun minnatdorchilik bildiramiz. To'kin dasturxon atrofida jamlanib, keyingi mavsum rejalari haqida gaplashib olamiz.

Bugungi uchrashuvdagi raqiblarimiz – “Neftchi” jamoasi haqida ham iliq fikrlarni bildiraman. Farg'onaliklar o'z uylaridagi o'yinda ham, bugun Bekobodda kechgan uchrashuvda ham jiddiy raqobat ko'rsatishdi. Bu klub o'z nomi, tarixiga ega bo'lgan jamoa. O'ylaymanki, “Neftchi” qaddini yana tiklab oldi. Ular keyingi mavsumlarda bemalol yuksak natijalarni hal etishga qodir. Bu yo'lda farg'onaliklarga omad tilayman, deydi SHavkat Saidov.

"Metallurg" matbuot xizmati
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика