So’nggi yangiliklar

21:46Виртц "Реал" ёки "Манчестер Сити"га ўтишни истамаяпти. У бошқа клубга бормоқчи  0 21:21"Олтин тўп" учун битта ҳақиқий номзод бор" – "Бетис" Винисиус ва Антонининг статистикасини солиштирди  0 20:57Кевин Де Брюйне "Сити"да қолиши мумкин, футболчи янги шартнома имзолашга тайёр  0 20:35Криштиану Роналду ўғлининг Португалия терма жамоасига чақирилганига муносабат билдирди  2 20:10​"Астон Вилла" Мартинес кетса, "Реал" дарвозабонини олиб келмоқчи  0 19:47МЮ сербиялик дарвозабонга қизиқиб қолди  0 19:26Про лига. "Олимпик-MobiUz" Нукусда кичик ғалабага эришди  0 19:05"Реал" скаутлари "Арсенал" – "Борнмут" ўйинида бўлди  3 18:388 ўйинда 8 хато. Суперлиганинг 8-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  12 18:14МЮ Рэшфордни сотишга тайёр. Клуб ўз тарбияланувчисини қанчага баҳоламоқда?  4 17:47Ўзга олам вакиллари  8 17:15"Футбол олами". Сенсацияларга ва истеъфоларга бой бўлган 8-тур ҳақида батафсил  0 17:04Шўрпахтажон  11 16:55"Реал" Мбаппе ўрнига янги ҳужумчи топди  7 16:10Осиё Кубоги. Ўзбекистон аёллар футзал терма жамоаси илк турда Хитой Тайпейидан йирик ҳисобда енгилди  5

SHavkat Saidov: "Andijonliklar biz kutgandanda kuchli futbol namoyish etishdi" Yangiliklar

SHavkat Saidov: "Andijonliklar biz kutgandanda kuchli futbol namoyish etishdi"

"Metallurg" - "Andijon" (3:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar jamoasi boshlig'i SHavkat Saidov qatnashdi.

 - So'nggi turlarda ketma ket yutqazgan “Andijon”ning Bekobodga ijobiy natija ilinjida kelishini bilardik. SHunga yarasha yigitlarni ham jismonan, ham ruhan o'yinga tayyorladik. Andijonliklar esa biz kutgandanda kuchli futbol namoyish etishdi. Birinchi bo'limda jamoalarga chiroyli o'yin ko'rsatishlari uchun ob-havoning nihoyatda isib ketishi biroz xalaqit berdi deb o'ylayman. Biroq ikkala jamoa ham tabiiy qiyinchilikka qaramasdan faollik ko'rsatdi. Kiritilgan gollar shu mehnatlarning mahsuli bo'ldi. Ikkinchi taym birinchisidan ochiq futbol namoyishi bilan farq qildi. To'g'risi omadimiz chopdi. Agar tajribali Anvar Berdiev ikkita imkoniyatdan bittasidan foydalanganida ham vaziyat tamomila boshqa tarafga o'zgarib ketardi. Darvozabonimiz jamoa joniga oro kirdi. Bundan ruhlangan yigitlar esa tashabbusni o'z qo'llariga olishdi va muxlislarimizni navbatdagi g'alaba bilan xushnud etishdi. Buning uchun yigitlarga katta minnatdorchilik bildiramiz, - deydi SHavkat Nematjonovich.

"Metallurg" matbuot xizmati

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика