So’nggi yangiliklar

21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  0 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  0 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  1 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  9 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  1 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  4 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  13 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  5 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  7 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  8 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  1 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2

SHavkat Mirziyoev O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedovni mukofotladi Yangiliklar

SHavkat Mirziyoev O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedovni mukofotladi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning qator farmonlariga muvofiq, mustaqilligimizning 29 yilligi arafasida bir guruh yurtdoshlarimiz faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlangan edi.

Bugun, 28 dekabr kuni Ko'ksaroyda mukofotlarni topshirish marosimi bo'ldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Etiborlisi, mukofotlanganlar orasida O'zbekiston milliy jamoasi hamda Xitoyning "Tianjin Teda" klubi futbolchisi Odil Ahmedov ham bor. Bugungi tadbirda 33 yoshli futbolchi ham davlat rahbaridan mukofotni qabul qilib oldi.

"Biz keyingi yillarda yaxshi ananani yo'lga qo'yib, yurtdoshlarimizga mukofotlarni bayram kunida topshirib kelayotgan edik. Afsuski, bu yilgi pandemiya sharoitida odamlarimizning sog'lig'ini asrash uchun ushbu xayrli tadbirni biroz keyinga surishga to'g'ri keldi. Ezgulikning kechi yo'q, deydilar. Nasib etgan ekan, mana bugun sizlar bilan Yangi yil bayrami arafasida yuzma-yuz ko'rishib, diydorlashib turibmiz", – dedi SHavkat Mirziyoev.

Davlatimiz rahbari mukofotlanganlarni tabriklab, ularga o'zining yuksak ehtiromini bildirdi. O'z o'rnida mukofotlanganlar yuksak etibor uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirishdi.

Eslatib o'tamiz, Odil Ahmedov O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to'qqiz yilligi munosabati bilan "O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi" faxriy unvoni bilan taqdirlangan edi.


Reyting: +57   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика