So’nggi yangiliklar

18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  0 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   1 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  0 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  4 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  1 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  0 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  4 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  5 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  5 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  18 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  7 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  11

SHamil Yarulin: "Tarkibimizni ikkinchi davradan yanada kuchaytiramiz" Yangiliklar

SHamil Yarulin: "Tarkibimizni ikkinchi davradan yanada kuchaytiramiz"

Teglar :  SHamil YarulinNasaf
Bugun “Markaziy” stadionda “Nasaf” PFK bosh menedjeri SHamil Samigulovich bilan klubning faol muxlislari o'rtasida o'zaro uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv do'stona va samimiy suhbat tarzida o'tdi.

-Avvalo sizlar bilan uchrashib turganimdan xursandman. Bunday uchrashuvlarni tez-tez bo'lib turishini shaxsan tarafdoriman. CHunki, biz nima ish qilayotgan bo'lsak, sizlar uchun qilayapmiz. Futbol bu-muxlislar uchun o'ynaladi. O'z-o'zidan malum, har bir muxlis o'z sevgan jamoasi to'g'risida doimo ko'proq malumotga ega bo'lishni hohlaydi. Qolaversa, bunday uchrashuvlar paydo bo'lgan savollarga to'g'ri javob topishga imkon yaratadi.

Bu yilgi OCHLdagi ishtirokimiz yana bir marta shuni ko'rsatdiki, safimizni yanada kuchaytirmasak, bu nufuzli musobaqada ko'zlagan maqsadimizga erisha olmaymiz. Bizga klubimiz rahbariyati ikkinchi davradan tarkibimizni yanada kuchaytirish bo'yicha ruxsat berishdi. Bunga ko'ra, keyingi davradan safimizni kamida ikki nafar yuqori mahoratga ega yangi legioner o'yinchilar bilan kuchaytirish imkoni paydo bo'ldi. Bu xabar albatta siz muxlislarni xursand qiladi degan, umiddaman.

Keyingi paytda yana shunday savollar ko'paymoqdagi, emishki safimizni Gevorkyan va Boydullaevlar tark etarmish. Bu mutlaqo noto'g'ri. Har ikkala o'yinchi bilan amaldagi shartnomamiz bor. Bugina emas, balki ushbu futbolchilar o'z faoliyatlarini hali safimizda davom ettirishni maqsad qilishgan.

Endi jarohati tufayli safimizda ko'rinmay qolgan o'yinchilar haqida to'xtaladigan bo'lsam, Farrux Sayfiev maydonga tushishga tayyor. O'ylaymanki, uning ishtirokidagi o'yinlarni yaqin kunlardan yana tomosha qila boshlaysiz. Odiljon Hamrobekov to'g'risida gapiradigan bo'lsam, bu erda unga qo'yilgan hamma tashxislarni elektron ko'rinishida Germaniyaga jo'natdik, hozir ulardan javob kutayapmiz. Unga qo'yilgan tashxislar tasdig'ini topsa, hatto u jarrohlik amaliyotini ham o'tkazishi mumkin. Topmasa (shuni juda hohlardik) biz ulardan professional sport bilan shug'ulanishiga hech qanday monelik yo'qligi haqida, asosli xulosa kutayapmiz. O'zingizga malum, bizda futbolchilarga tibbiy ruxsatnoma olishga juda qattiq talablar mavjud. Har qanday holatda ham Odiljondek o'zimizning tarbiyalanuvchimizni yolg'iz tashlab qo'ymaymiz, - deydi SHamil Samigulovich.

Uchrashuv juda qiziqarli va savol-javoblarga boy bo'ldi. Yig'ilish ishtirokchilari o'zlarini  qiziqtirgan  barcha savollarga qoniqarli javob olishdi.  

Mana shunday uchrashuvlarni tez-tez tashkil etish bo'yicha o'zaro kelishib olindi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика