"SHalke" "Liverpul" qiziqayotgan himoyachisini sotishga tayyor
06 noy 2020 18:50
Yangiliklar


"SHalke" "Liverpul" qiziqayotgan himoyachisini sotishga tayyor
Gelzenkirxenning "SHalke" klubi turkiyalik himoyachi Ozan Kabakni sotib yuborishga tayyor.
Nemis klubi rahbariyati 20 yoshli futbolchining sotuvidan 20 million evro miqdorida ishlab olishni rejalashtirmoqda.
Mersisaydliklar Kabakni uzoq muddatga safdan chiqqan Virjil van Deykning o'rinbosari sifatida ko'rishmoqda.
Kabak joriy mavsum "SHalke"da 2ta o'yinda maydonga tushdi. Uning Gelzenkirxen klubi bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar