SHakira: "Finalda kim yutishini bilmaymanku, lekin ish penaltilar seriyasigacha bormasa bo'lgani"
12 iyu 2014 22:28
Yangiliklar
SHakira: "Finalda kim yutishini bilmaymanku, lekin ish penaltilar seriyasigacha bormasa bo'lgani"
Jahon chempionati yopilish marosimi oldidan o'tkazilgan matbuot anjumani bir qator artistlar qatnashishdi. Bular ichida taniqli xonanda kolumbiyalik SHakira ham ishtirok etdi va final borasida o'z fikrdarini bildirib o'tdi.
Futbol meni butun hayotimni o'zgartirib yubordi. Yaxshi tomonga albatta. Bu men uchun ketma-ket uchinchi mundial hisoblanadi. Albatta, eng esda qolarlisi 2010 yilda JARda bo'lib o'tgan chempionat hisoblanadi. O'shanda sevganim Pikening jamoasi musobaqa g'olibi bo'lgandi. Bu safargi mundial ham ancha qiziqarli kechmoqda va men uchun muhim ahamiyatga ega. Braziliya futbol yurti hisoblanadi. Yopilish marosimida ishtirok etish men uchun sharafli. Finalda kim g'alaba qozonishini bilmayman, ammo Xudodan bir narsani so'rab qolaman. Faqat penaltilar seriyasigacha ish etib bormasa bo'lgani. Penaltilar seriyasi - bu ayovsiz bahs!
Fikrlar