SHaker Zuagi "Olmaliq"ni tark etdi?!
23 noy 2014 18:42
Yangiliklar

SHaker Zuagi "Olmaliq"ni tark etdi?!
Joriy mavsum chempionatimizda ishtirok etgan legionerlar orasida alohida ajralib turgan SHaker Zuagi ilk mavsumidayoq o'zidan iliq taassurot qoldira oldi.
Tunislik futbolchi "Olmaliq"ning omadli xaridlaridan biri bo'ldi desak adashmaymiz. 29 yoshli legioner joriy mavsum klubi safida milliy chempionat o'yinlarining 22tasida maydonga tushib, 1765 daqiqa harakat qildi. O'z hisobiga esa 4ta gol yozdirib qo'yishga erishdi. Bizningcha Igor SHkvirin ham Zuagining harakatlaridan to'la qoniqqan bo'lsa kerak.
Olingan malumotlarga ko'ra, tunislik futbolchining olmaliqliklar bilan shartnomasi tugab bormoqda. Unga Toshkentning "Bunyodkor" va boshqa klublardan qiziqish bor. SHu bois SHaker keyingi faoliyatini "Olmaliq"da o'tkazmaslik ehtimoli yuqori.

Fikrlar