So’nggi yangiliklar

19:502024 йил ёзининг энг қиммат ТОП-10 трансфери. Мавсум улар учун қандай ўтди?   0 19:22"Тоттенхэм" "Арсенал"ни майдон марказидан урилган гол эвазига ютди  0 18:59"Барселона" "Сеул"ни "хоккейча" ҳисобда мағлуб этди  6 18:42А Сериянинг икки гранди "Арсенал" аъзоси учун курашга қўшилди  0 18:14Марлен Чобанов легионерга айланди  0 17:55​"Андижон" легионер ҳимоячиси билан хайрлашди  2 17:32Исак "Реал Сосьедад" базасида шуғулланмоқда  2 17:04Аббос Файзуллаев: "ЦСКА туфайли Ўзбекистон термасида ўз ўрнимга эга бўлдим. Энди "Истанбул Башакшеҳир"га чемпионатда олдинга қадам ташлашида ёрдам бермоқчиман"  3 16:37ЦСКА ҳимоячиси: "Аббосга келажакда ўзи хоҳлаган лигада ўйнашини тилайман"  4 16:09Доннарумма АПЛ топ-клублари билан музокаралар олиб бормаяпти  2 15:41Нойер Тер Штеген билан боғлиқ вазият туфайли Германия терма жамоасига қайтишга тайёр  4 15:14Саудия Арабистони клублари Левандовскини сотиб олмоқчи  2 14:52"Андижон" янги легионерини Суперлига учун рўйхатдан ўтказа олмади  7 14:42Инсайд тасдиқланди: Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Тошкентда Қозоғистон билан беллашади  2 14:14Расман: Серж Орье Остон Ўруновнинг жамоадоши бўлди  3

SHahzod Ubaydullaev: "Navbahor"ning taklifini ortiqcha o'ylaganim yo'q. Yangi mavsumda Namanganda boshqacha atmosfera kutyapman" Yangiliklar

SHahzod Ubaydullaev: "Navbahor"ning taklifini ortiqcha o'ylaganim yo'q. Yangi mavsumda Namanganda boshqacha atmosfera kutyapman"

Avvalgi yillarda asosan nomlarga tayangan "Navbahor" endilikda yo'nalishini o'zgartirdi.

 Klub tarkibni mahalliy futbolchilar orqali shakllantirishga kirishdi. Mirzohid G'ofurov, Abdug'ani Kamolov, SHahzod Ubaydullaevlar shular jumlasidandir. Ayniqsa kosonsoylik bo'lgan SHahzod Ubaydullaevni muxlislar yaxshi tanishadi. Xo'sh, uning yangi jamoasiga o'tishi qanday yuz berdi?


"Uyga qaytganimdan xursandman. "Navbahor" taklifini ortiqcha o'ylab ham o'tirganim yo'q. Namangan o'zimiz tug'ilib-o'sgan joy. Yangi mavsumda o'z o'yinimizni ko'rsatamiz. Muxlislarni xursand qilamiz. O'ylaymanki, stadionda atmosfera juda boshqacha ko'rinish oladi. Jamoa yosharmoqda, mahalliy o'yinchilarga etibor kuchaydi. Stadion to'lib-toshishiga ishonaman. Hujumchida etibor faqat to'purarlikka qaratilgan bo'lishi kerak. Menda ham shunday. Xudo xohlasa shu yo'lda harakat qilamiz. 

"Metallurg"ni mavsum tugamasidan tark etishimga sabab murabbiy bilan kelishmovchilik bo'ldi. Ikkinchi davrada o'yin amaliyoti kam berildi. Deyarli to'p tepmadim. Bundan hech qanday adovatim yo'q. Murabbiy bizni mashg'ulotda ajratib qo'yayotgandi. O'zini ko'rsatgani imkon ham bermadi. SHu bois SHavkat aka Saidov bilan gaplashdim. Ular to'g'ri tushundilar",- deydi SHahzod Ubaydullaev.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика