Tur golini urgan Ubaydullaev: "Golimni otamga bag'ishlayman"
16 iyu 2020 13:26
Yangiliklar


Tur golini urgan Ubaydullaev: "Golimni otamga bag'ishlayman"
Video Superliga. Tur goli - SHahzod Ubaydullaev
To'p kiritgan vaziyat va golini kimga bag'ishlagani haqida iqtidorli forvard saytimiz muhbiriga malum qildi.
"Avvalo etibor uchun katta rahmat. Urgan golimni birinchi galda otamga bag'ishlayman. CHunki, ular futbolchilik faoliyatlari davomida ko'p bor akrobatik tarzda gol urganlar. Umuman olganda mashg'ulotlarda buning ustida ko'p ishlayman. Mashg'ulotlarda qilingan mehnatni samarasi kecha rasmiy bahsda mevasini berdi. To'p menga kelishi bilan ikkilanmay qaychi uslubida zarba yo'llashga qaror qildim. Aslida bu yo'nalish menga begona emas. O'tgan mavsumda ayrim bellashuvlarda shunaqa gollar urdim. Bu bilan to'xtab qolmoqchi emasman. Har bir turda gol urib jamoamga foyda keltirishni istayman",- deydi SHahzod Ubaydullaev.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar