So’nggi yangiliklar

09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  0 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  2 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  4 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  15 23:33Россия. "Рубин" "Акрон"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 23:17Рубен Аморим: "Ўзимга, футболчиларга ва клубга ишонаман"  2 22:44Месси Флик "Барселона" бош мураббийи бўлгани ҳақида гапирди  8 22:08"Интер Майами"ни ким бошқариши аниқ  1 21:48Виталий Левченко: "Нефтчи"да ёшлар йўқ? Бунинг учун шароитлар йўқ"   9

SHahzod SHaymanov: “2008 yil eng yaxshi yosh futbolchi bo'lganimdan keyin yulduzlik kasaliga duchor bo'lganman” Yangiliklar

SHahzod SHaymanov: “2008 yil eng yaxshi yosh futbolchi bo'lganimdan keyin yulduzlik kasaliga duchor bo'lganman”

Muborakning “Mashal” klubi bu mavsumni ko'ngildagidek boshlay olmagani rost. Lekin jamoa yarim himoyachisi SHahzod SHaymanov ketma-ket gollar urib muxlislar yoqimtoyiga aylanib bormoqda.

Biz 8 yil oldin O'zbekistonda eng yaxshi yosh futbolchi deb topilgan SHahzod bilan suhbatlashishga qaror qildik.

- Qaerda tug'ilgansiz va yoshlik qanday o'tgan?
- Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida tug'ilganman. Yoshligimdan futbolga qiziqish kuchli bo'lgan. Bolaligimdan futbolga qiziqardim. Maktabda darslardan qochib to'p tepardik.

- Qaysi futbol maktabiga borgansiz?
- Qarshi shahridagi “Yoshlik” bolalar o'smirlar sport maktabiga qatnashganman. Birinchi murabbiyim Hasan aka Ziyodov bo'lgan. 2007 yilda “Mashal” klubi akademiyasiga borganman.

- “Mashal” akademiyada qaysi murabbiylar bilan ishlagansiz?
- Muborakda hozir “Paxtakor”da ishlayotgan Grigoriy Kolosovsikiy murabbiylik qilgan. Seid Seidov, Komil Yomg'irov va Boris Serazetdinovdan ham ko'p narsa o'rganganman.

- O'zbekiston o'smirlar terma jamoasida ham o'ynagansiz...
- To'g'ri, 2008 yilda Robert Gay boshchiligidagi o'smirlar terma jamoasiga chaqirishgandi. O'sha yil jamoa Toshkentda Osiyo chempionatida ishtirok etgandi. Afsuski biz chorak finalda mag'lub bo'lib Jahon chempionatiga yo'llanma ololmagandik. To'g'risini aytsam o'sha paytga qaytib qolgim keladi...



- Nima uchun?
- Agar vaqtni ortga qaytarishning imkoni bo'lganida o'shanda yo'l qo'yilgan xatolarni to'g'rilab mundialga chiqishni xohlardim. Jahon chempionatida qatnashish armon bo'lib qolgan...

- O'sha jamoada o'ynaganlardan kimlar hozir ham katta futbolda o'ynamoqda?
- Ko'plab futbolchilar hamon o'ynashmoqda. Masalan, Egor Krimec, Davron Hoshimov, Akrom Bahriddinov... Bosh murabbiy Robert Gay esa oliy liga klublarida ishladi. Hozircha ishsiz yuribdi.

- 2008 yil O'zbekistonda eng yaxshi yosh futbolchi deb topilgansiz... Sovrin olganda nimalarni his qilgansiz?
- To'g'risi o'shanda sovrin olishni kutmagandim. Sovrin olganimda xursand bo'lishimni ham, xafa bo'lishni ham bilmaganman. CHunki biz mundialga chiqa olmagandik va vazifani bajara olmagandik.  O'sha sovrinimni Jahon chempionati yo'llanmasiga jon deb almashgan bo'lardim.



- Yana kim bu sovringa loyiq edi deb o'ylaysiz?
- Mendan tashqari jamoamiz sardori Akrom Bahriddinov va Davron Hoshimov ham loyiq edi. Umuman o'sha termadagi ko'plab yigitlar yaxshi o'ynashgandi.

- Ammo o'sha sovrinni qo'lga kiritgan SHahzod SHaymanov ancha yillar ko'rinmay qoldi. Oliy ligada ham 2012 yilga kelibgina debyut qildingiz...
- To'g'ri aytdingiz. Tan olib aytaman o'shandan keyin malum muddat yulduzlik kasaliga duchor bo'ldim...O'yinim pasayib ketdi. Keyin o'zimni qo'lga olib astoyidil ishlay boshladim. 2012 yildagina Aleksandr Xomyakov tufayli asosiy tarkibga kira boshladim.

- Sovrin olgandan keyin yulduzlik kasaliga duchor bo'ldim dedingiz. Balki eng yaxshi yosh futbolchi sovrinini bekor qilish kerakdir? SHunda yoshlarimiz o'z ustilarida ishlashdan to'xtab qolishmasmidi?
- Yo'q menimcha sovrinni berishda davom etish kerak. Lekin o'sib kelayotgan yoshlarga to'g'ri yo'l ko'rsata oladigan murabbiylar kerak. Yoshlarga bundan ham yaxshiroq sovrinlarni olish uchun mehnat qilishda davom etish kerak deb tanbeh berib turish kerak deb hisoblayman.

- Homyakov qanday murabbiy va qanday inson?
- Ishda qattiqqo'l, talabchan murabbiy. Ishdan tashqarida do'st desa ham bo'ladi. Hamma bilan ochiq inson, futbolchilar bilan kulishib, hazillashib gaplashadi.

- Orada “Andijon”da ham o'ynadingiz. Nima sabab Muborak klubini tark etishga qaror qilgansiz?
- 2014 yilgi mavsum boshlanishidan oldin yig'in vaqtida Aleksandr Xomyakov bilan suhbatlashganimda meni asosiy tarkibda ko'rmayotganini aytdi. O'sha vaqtda Robert Gay “Andijon”da ishlayotgandi. U meni vodiyga taklif qildi. Xomyakov borib ko'r agar yoqmasa o'zimizga qaytasan degandi. Andijonda yarim yil ijarada o'ynadim. Yozda “Mashal” yana o'z safiga chaqirdi.



- Oliy ligadagi birinchi golni aynan “burgutlar” safida urgansiz...
- Ha, “Andijon” tarkibida “Metallurg”ga qarshi Bekoboddagi uchrashuvda jarimadan gol urgandim. Afsuski o'sha o'yinda 2:3 hisobida mag'lubiyatga uchraganmiz.

- Oliy ligada 2012-2015 yillarda ikkita gol urgansiz. 2016 yilda esa dastlabki 9ta turda raqib darvozasiga 3ta to'p kiritishga ulgurdingiz. Samaradorlikning oshishiga sabab nima?
- Bo'g'ri oldinlari juda kam gol urardim. Bu yil ko'p gol urishim menimcha ko'proq omadga bog'liq deb o'ylayman. Hujumchilarga doim yordam berib turish kerakligini murabbiylar aytishmoqda.

- Kuchli zarba sohibisiz. Bu tug'mami yoki mashg'ulotlar samarasimi?
- Mashg'ulotlarda zarbalar ustida ko'p ishlaymiz. Zarba kuchli bo'lishi bilan birga aniq chiqishiga ham ahamiyat berish lozim. Bu doim ham o'xshayvermaydi.

- Adashmasam yoshlikda himoyada o'ynardingiz. Kim sizni yarim himoyaga o'tkazgan?
- To'g'ri faoliyatimni boshlaganimda himoyada o'ynardim. Vladimir Fomichov yarim himoyada o'ynata boshlagan. Qaysi chiziqda o'ynashning unchalik farqi yo'q. Murabbiy qaerga qo'yib ishonch bildirsa o'sha erda o'ynayveraman. Eng muhimi jamoamga yordamim tegsa bo'lgani.

- Yoshlikda qaysi futbolchilarga havas qilardingiz?
- O'zim “Real” muxlisi bo'lsam ham ispaniyalik Puyolning o'yinlarini yoqtirardim. Keyinroq Andrea Pirloning harakatlariga havas qila boshladim. O'zimizda Xayrulla Karimov va Odil Ahmedovning o'yinlari yoqadi.



- Franciyadagi Evropa chempionatidan nimalar kutayapsiz? Qaysi jamoalar favorit?
- O'zim Italiya terma jamoasiga muxlislik qilaman. “Skuadra Adzurra”ning himoyasi juda kuchli. Himoya yaxshi o'ynasa yutuq bo'ladi. Favoritlar jahon chempioni Germaniya, amaldagi Evropa chempioni Ispaniya, mezbon Franciya va Italiya.

- “Mashal” bu yilgi tarkibi bilan nechanchi o'rinni egallay oladi deb o'ylaysiz?
- Tarkibimiz yomon emas. Boshqa jamoalardan farqli ravishda tarkibimiz barqaror. Yani ko'plab o'yinchilarning o'zgarishi sodir bo'lmaydi. Menimcha bu yil 6 yoki 7-o'rinlarni egallashi mumkin. Buning uchun har bir o'yinda bor kuchimiz bilan o'ynashimiz va g'alaba qozonishimiz kerak.

- Muxlislarga tilaklaringiz…
- Muxlislarga tilagim yaxshi kunda ham, yomon kunda ham biz bilan birga bo'lishsin. Bizga ishonilar, sizlarning ishonchlaringni oqlaymiz.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика