Shahzod Shaymanov jamoasini o'zgartirmoqchi

Narzulla Saydullayev
6 yanv 2020
Ortda qolgan mavsumda “Navbahor” sharafini himoya qilgan futbolchi bu yil yana jamoasini o'zgartirishga qaror qilgan ko'rinadi.

Shahzod Shaymanov “lochinlar” tarkibida 20ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 2ta gol kiritishga muvaffaq bo'ldi. Aytishlaricha Shaymanovning “Navbahor” bilan amalda shartnomasi bor. Lekin bosh murabbiy Andrey Kanchelskisning bu yilgi rejasidan o'rin olmagan.

Hozirda Shahzodga “Andijon” va “Metallurg” jamoalaridan qiziqish bo'lmoqda. Yaqin orada futbolchi so'nggi qarorni qabul qilishini bildirdi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia