So’nggi yangiliklar

17:28Расман: Феликс Роналдунинг жамоадошига айланди  0 17:06Расман: Олимпиада бронза медали соҳиби "Машъал"га ўтди  0 16:37"Ал Насср" "Челси" ҳимоячисига даъвогар  0 16:15Сўнгги мавсумини Туркияда ўтказган дарвозабон "Андижон"га келмоқда  2 16:02Расман: "Пахтакор" Турғунбоевни сафига қўшиб олди  4 15:49Расман: Рустам Турдимуродов – "Сурхон" аъзоси!  4 15:32Грилиш "Манчестер Сити"да машғулотларни давом эттирмоқда  0 15:10Мираброр Усмонов Кубоги-2025 мусобақаси тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  1 14:55Аёллар Осиё Кубогига қуръа ташланди: Ўзбекистон КХДР билан беллашади  2 14:37БУМ! Ўзбекистон МТЖ ноябрь ойида Тошкентда жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  27 14:26Ўзбекистон U-23 терма жамоаси хотира турнирида Японияга имкониятни бой берган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:13"Арсенал" Салиба билан шартномани узайтириш жараёнини тезлаштирди  1 13:40Мақсад U-23 Осиё кубогини ютишми ёки Олимпиадага чиқиш?   4 13:20Кичик Пеледан Марадона Жуниоргача: яшил майдонда омади чопмаган фарзандлар  3 12:55Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди  3

SHahzod SHaymanov: “Gayning taklifiga binoan “Andijon”ga keldim” Yangiliklar

SHahzod SHaymanov: “Gayning taklifiga binoan “Andijon”ga keldim”

“Mashal” klubi tarbiyalanuvchisi SHahzod SHaymanov yaqinda “gazchilar” safini tark etgani haqida xabar bergandik.
 U endilikda “Andijon” sharafini himoya qilishga yaqin turibdi.
Markaziy himoyachi bu haqda “SA”ga bergan intervyusida aytib o'tdi.

- SHahzod, bilamizki siz bungacha “Mashal”da o'ynab, tanilgansiz. Ammo yaqinda bu jamoa safini tark etishga qaror qildingiz. Buni qanday izohlaysiz?
- CHindan ham katta futbolda o'z yo'limni topib olishimda “Mashal”ning o'rni katta. Xabaringiz bo'lsa kerak, bu jamoa yig'iniga raqobatni kuchaytirish maqsadida bir qator yangi futbolchilar taklif etilib, sinovdan o'tkazilmoqda. Bosh murabbiy Aleksandr Xomyakov bilan suhbatlashganimda, uning taktik qarashlariga unchalik ham to'g'ri kelmayotganimni bildirdi. SHuning uchun bu yil zaxirada qolib ketish extimoli yuqori bo'lishini aytganida, men ham o'z navbatida oldimda boshqa variantlar turganini malum qildim. SHundan so'ng o'zaro kelishgan xolda, “Mashal” bilan xayrlashdim.

- Amalda shartnoma bormidi?
- Yo'q.

- “Andijon” yig'iniga qo'shilganingizdan xabarimiz bor. Aytingchi bu klubga o'tishingiz kim bilan bog'liq?
- Jamoa murabbiylar shtabida faoliyat yuritayotgan Robert Gay mening imkoniyatlarimni yaxshi biladi. Taklif ham aynan Robert Sergeevichdan chiqdi. U kishi meni o'z klubiga chorlashdan oldin, tabiiyki bosh murabbiy Azamat Abduraimov bilan maslahatlashgan bo'lishi aniq.

- “Andijon”dan tashqari qanday variantlarga ega edingiz?
- Bundan boshqa takliflar ham yo'q emasdi. Keling aynan qaysi jamoalar ekanligi sir bo'la qolsin.

- Mayli kelishdik. U xolda aytingchi, “Andijon”ning taklifi sizni nimasi bilan o'ziga tortdi?
- Jamoaning ashaddiy ishqibozlari borligini juda yaxshi bilaman. Bu eng katta sabablardan biri bo'lganligini aytib o'tmoqchiman. Tribunasi to'lgan stadionda o'ynash har qanday futbolchiga uchrashuv chog'ida zavq bag'ishlaydi. Qolaversa yuqorida aytib o'tganimdek, “Andijon”da Robert Gay ishlamoqda. Bu murabbiy bilan ilgari yoshlar terma jamoasida ham birga ishlaganmiz.

- “Mashal”ning birinchi va ikkinchi yig'inida ishtirok etgan SHahzod SHaymanov yaqindagina “Andijon” mashg'ulotlariga qo'shilib qanday farqni sezdi?
- Qishki yig'in chog'ida barcha jamoalarning mashg'uloti deryali bir xil suratda o'tadi. Asosan jismoniy tayyorgarlik ustida ishlashga to'g'ri keladi. O'ylaymanki “Mashal” va “Andijon” mashg'ulotlari o'rtasida u qadar katta tavofut yo'q.

-  Joriy mavsum “burgutlar” safida o'ynash imkoniyatingizni necha foizga baholaysiz?
- Xudo xohlasa, bu yil “Andijon” uchun o'ynashim deyarli aniq. O'z kuchimga ishonaman va bu erda ham asosiy tarkibda o'ynashga ko'zim etadi.

Islombek RUSTAMBEKOV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика